Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ishda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Olim Rustamov, Xalqaro moliya korporatsiyasining Markaziy Osiyoda yangi bozorlarni yaratish bo‘yicha maslahat dasturi mintaqaviy koordinatori Tarik Shaxovich hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining Erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mintaqaviy mutaxassisi Kreyg Gize ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish hamda xalqaro tajribadan kelib chiqib, maxsus iqtisodiy zonalar bo‘yicha yangi tahrirdagi dastlabki qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Muhokamalar natijasida mazkur ishchi guruhga vazirlikdan Maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish boshqarmasi va ITSV Yuridik boshqarmasidan nomzodlar biriktirildi.











