Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida 25-avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obyektlarni işga tuşiriş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda davlat rahbari hududlardagi studiyalarga yiğilgan jamoatçilik vakillarini, ular orqali butun xalqni yaqinlaşib kelayotgan uluğ bayram bilan tabrikladi.
Qayd qilinişiça, ortda qolgan ön yilda Özbekistonda inson qadrini uluğlaş va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar yuz berdi. Tadbirkorlikka keng yöl oçilib, iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş, raqobatbardoş sanoat tarmoqlarini yaratiş, çekka tuman va qişloqlar infratuzilmasini yaxşilaş böyiça ulkan işlar bajarildi. Taʼlim, tibbiyot va madaniyat sohalariga eʼtibor yangi bosqiçga kötarildi.

– Sönggi ön yil mamlakatimiz tarixida yangi Uyğoniş davri – Uçinçi Renessans poydevorini quriş bosqiçi sifatida abadiy muhrlandi, – dedi prezident.
Bu davrda iqtisodiyot hajmi 2,5 barobardan ziyod oşdi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 160 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, umumiy qiymati 76 milliard dollarlik 2 ming 163 ta yirik sanoat loyihasi işga tuşirildi, qariyb 6 million nafar aholi doimiy iş örni bilan taʼminlandi.
Bugun yurtimizda dunyoning yetakçi kompaniyalari, yirik investorlari va xalqaro moliya institutlari iştirokida köplab loyihalar amalga oşirilmoqda. Investitsiyalar köpayişi bilan sanoatimiz qiyofasi ham tubdan özgarmoqda.

– Biz xomaşyo eksport qilgan davlatdan uni çuqur qayta işlaş zanjiri asosida tayyor mahsulotni jahon bozoriga olib çiqadigan iqtisodiyotga ötyapmiz. Eng muhimi, yangi korxonalar bilan birga zamonaviy texnologiyalar, yangi kasblar va yuqori malakali iş örinlari ham paydo bölmoqda, – dedi davlat rahbari.
Joriy yilning özida 1,7 milliard dollarlik 56 ta yirik zamonaviy sanoat va servis obyekti iş boşladi, 8,8 mingta yuqori daromadli iş örni yaratildi.
Şuningdek, byudjetdan ajratilgan 46 trillion söm hisobidan 385 ta maktab, 113 ta boğça, 81 ta şifoxona, 7,5 ming kilometr yöl, 3,2 ming kilometr içimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurildi, taʼmirlandi va rekonstruksiya qilindi.


















