Toşkent va Qaşqadaryo viloyatlarida yer maydonlari savdosi bilan boğliq firibgarlik holatlari foş etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Angren şahri bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro U.N. fuqaro M.A.ning işonçiga kirib, unga Mustaqillik köçasida joylaşgan 20 sotix zaxiradagi yer maydonini 18 ming dollar evaziga göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida nomiga rasmiylaştirib berişini aytib, oldindan 9 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, departamentning Nişon tumani bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar E.Ş. va I.Ş. «Yuksaliş» MFY hududidan otasi I.B.ga dehqon xöjaligi yuritiş uçun ajratilgan 35 sotix hamda uşbu joyga tutaş 50 sotix zaxiradagi yer maydonini tanişlari yordamida fuqaro M.A.ga olib beriş evaziga 125 million sömni olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.








