2023 yil 1 yanvardan tegişli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obektlar boş loyiha-qidiruv va boş quriliş-pudrat taşkilotlari “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.
Hokim yordamçisi, mahalla faollari va yoşlar yetakçilari, ommaviy axborot vositalari va boşqa jamoat taşkilotlari tomonidan hududlarda amalga oşirilayotgan işlar holati ustidan jamoatçilik nazorati örnatiladi.
Har çorakda viloyat, tuman (şahar) prokurorlari va ularga tenglaştirilgan prokurorlar tomonidan quriliş sohasida korrupsiya va qonunbuziliş holatlari oldini oliş yuzasidan körilayotgan çora-tadbirlar haqida keng jamoatçilikka axborot berib borilişi ta’minlanadi.
2023 yil 1 yanvarga qadar quriliş obektlarini röyxatga olişdan boşlab, foydalanişga qabul qilişgaça bölgan barça jarayonlar raqamlaştiriladi.
“Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida 2023 yil 1 yanvarga qadar dasturlar va loyihalar röyxatlarini yuritiş, ularga kiritiladigan barça özgartiriş va qöşimçalar aks ettiriladi. “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.









