BMT iqlim özgarişi böyiça doiraviy konvensiyasi 27-yiğilişida Özbekistonning iştiroki haqida Özgidromet 28 noyabr kuni ötkazgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

Özgidromet direktori örinbosari Ibratjon Karimovning ma’lumot berişiça, Özbekiston ötgan yili 2030 yilga borib issiqxona gazlari emissiyasini yalpi içki mahsulot birligiga nisbatan 35 foizga kamaytiriş böyiça majburiyatlarini e’lon qilgan.

“Bu yil ham şu maqsadni amalga oşiriş böyiça xalqaro talablarga rozilik bildirdik. Joriy yilda konvensiyaning asosiy maqsadi konvensiyaga a’zo mamlakatlar atmosfera havosiga taşlanayotgan issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş böyiça ötgan yili olingan majburiyatlarning bajarilişiga bağişlandi”, – deydi u.

Şuningdek, Özgidromet direktori örinbosarining qöşimça qilişiça, Markaziy Osiyoda iqlim özgarişi dunyodagi örtaça körsatkiçdan 2 barobar jadalroq rivojlanmoqda. Bunga ham tabiiy, ham antropogen ta’sirlar sabab bölgan.

“Markaziy Osiyoning arid iqlim hududda joylaşganligi, yoğinlarning kamligi tabiiy ta’sir bölsa, asosiy aks ta’sir Orol dengizining qurişi natijasida iqlim özgarişi salbiylaşmoqda. Bular respublikada çang böronlarining 2 barobar ortib borişi, yerlarning degradatsiyaga uçraşi, suv resurslarining qisqarişiga sabab bölib, iqtisodiyot tarmoqlari va odamlar hayotida salbiy ta’sirlarni paydo qilmoqda.