Ölkamizda iqlim şaroitlari özgarib, sovuq kunlar yaqinlaşişi bilan salomatligimizni yanada tiklaş va tanamizni tetiklaştiruvçi mahsulotlarni har doimgidan ham köproq iste’mol qilişni boşlaymiz. Masalan, xalqimiz tilida “qiş mevasi” deya e’tirof etiladigan limon, deyarli har bir xonadonda mavsum yakuniga qadar eng yaqin va foydali mehmon böladi. Bugun bu sitrus ösimligini bozor-u dökonlarimiz rastalarida muammosiz xarid qiliş, undan tayyorlangan djyem-u, şarbatlarning turli xillarini uçratiş mumkin. Ammo, yoşi kattalar yaxşi eslaşsa kerak, bundan bir neça yillar avval bu şifobaxş ne’matni topiş, uçratsa ham xarid qiliş bir munça muşkul edi. Asosan xorij davlatlaridan import qilinganligi uçun narxi sezilarli darajada qimmatroq bölgan.

Davlat rahbarining sa’y – harakatlari bilan sönggi yillarda mazkur tarmoq rivojiga sezilarli e’tibor qaratildi. Natijada respublikaning deyarli barça hududlarida zamonaviy limonçilik plantatsiyalari taşkil etilib, böş yerlarda gektarlab kompleks issiqxonalar qad rostlaşni boşladi. Özining jazirama iqlim şaroiti bilan sitrus, subtropik va tropik ösimliklar seleksiyasiga juda qöl keluvçi janubiy voha zamini Surxondaryoda, limon mahsuloti mahalliy mevaga aylanib bormoqda. Viloyatning deyarli barça tumanlarida katta va kiçik hajmdagi issiqxonalarni uçratiş mumkin.

Aslida issiqxonalarda limon parvarişlaş surxondaryoliklar uçun yangilik emas. Lekin, keng maydonlardagi zamonaviy limonzorlarda sitrus meva yetiştiriş va mahalliy bozorni şu turdagi tabiiy mahsulot bilan töldirib, ortiqçasini xorijga eksport qiliş bu keyingi yillarda yuz bergan yangilik. Bilasizmi, nega bu gapni aynan ötgan va sönggi yillarni qiyoslab aytyapmiz? Çunki, subtropik iqlimga ega Surxondaryoda ilgari ham odamlar limon parvarişlar edi. Biroq, bu issiqxonalar guvala loydan qölbola usulda qurilar, hosili, sifati ham şunga yaraşa bölar edi. Endilikda tadbirkorlar keng maydonlarda energiya tejamkor zamonaviy issiqxonalar qurib, möl hosil olmoqda. Sodda qilib aytganda, xorijliklar tajribasi asosida qad rostlayotgan limonzorlar köpaymoqda.

Xususan, viloyat markazidan qariyb 150 kilometr uzoqlikda joylaşgan Denov tumanidagi “Limonzor” mahallasida qad rostlagan 1 gektarlik limonariya sözimizga yaqqol isbotdir. Issiqxonaga kirar ekansiz, özingizni xuddi sitrus eko boğida yurgandek his qilasiz. Bu yerda mingdan oşiq Toşkent navli limon köçatlari boşidan ostigaça hosil berib turibdi. Yarim asrdan buyon şu mahallada istiqomat qilib, qariyb 30 yillik limon yetiştiriş tajribasiga ega bölgan Ne’matjon ota Röziyev, bu natijalar zamirida limonçilikka qaratilgan e’tibor muhim ekanligini ta’kidlaydilar.