
Uçraşuvda kun tartibi barça yönalişlari böyiça Özbekiston – Gretsiya munosabatlari bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari, BMT va uning institutlari, mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi özaro hamkorlik ayrim jihatlari körib çiqildi.
Bölajak qöşma tadbirlar kun tartibi va jadvali, TIVlararo siyosiy maslahatlaşuvlar navbatdagi davrasi yuzasidan fikr almaşildi.
Ikki mamlakat ta’lim muassasalari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoşidagi Diplomatik akademiya hamda Gretsiya Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Diplomatik akademiyasi örtasida özaro hamkorlikni yölga qöyişdan manfaatdorlik bildirildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar mavjud salohiyatini röyobga çiqarişga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiy va texnik hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklaş, ikki mamlakat işbilarmon doiralari va tegişli idoralari örtasida investitsiya, transport, infratuzilma va energetika sohalarida töğridan töğri aloqalarni faollaştiriş zarurligi qayd etildi.
Vladimir Norov Gretsiya tomonini BMTning Orolböyi mintaqasi böyiça inson xavfsizligi böyiça köp şeriklik trast fondi işida qatnaşişga çaqirdi.











