Suhbat avvalida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamkasbini YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi 29-yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tgani, Polsha tashkilotga raisligi munosib yakunlangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Polsha munosabatlari dolzarb masalalari, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 2023 yilda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasi 8-majlisini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.