Savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirish, O‘zbekiston bozoriga Polsha sarmoyalari va eng yangi texnologiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
2022 yil yanvar-sentabr oylarida tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga, so‘nggi uch yilda esa O‘zbekistonda Polsha kapitali ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar soni ikki barobarga oshgani qayd etildi.
Tomonlar iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasi doirasidagi qo‘shma ishlarni davom ettirishga o‘zaro tayyor ekanini tasdiqladi. Kelgusi yilda komissiya yig‘ilishi va biznes-forum o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.
To‘qimachilik va raqamlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi.











