Argentina vitse-prezidenti va sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirşner olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va unga umrbod davlat lavozimlarida işlaş taqiqlandi. U uç sudyadan iborat hay’at tomonidan davlat rahbari bölgan davrida rasmiylar davlat loyihalaridan 1 milliard dollar (956 million yevro) özlaştirgan firibgarlik sxemasida aybdor deb topildi. Sud jinoiy taşkilotga rahbarlik qiliş ayblovini rad etdi, uşbu moddaga köra jazo 12 yil qamoq jazosi bölişi mumkin edi.

AP ta’kidlaşiça, bu Argentina vitse-prezidenti lavozimida işlayotgan vaqtida sudlanişi bilan boğliq birinçi holat. Apellyatsiya şikoyatlari körib çiqilmagunça hukm kuçga kirmaydi, bu jarayon yillar davom etişi mumkin, deydi AP. Ayni damda Argentina vitse-prezidenti jinoiy javobgarlikka tortilmaslik huquqiga ega.

Kristina Fernandes de Kirşner hukmni tanqid qilib, özini «sud mafiyasi» qurboni deb atadi. Keyinroq u 2007-2015 yillarda egallagan prezident lavozimi uçun navbatdagi, kelasi yili bölib ötadigan saylovlarda öz nomzodini qöymasligini ma’lum qildi.

Sobiq prezident tarafdorlari umummilliy iş taşlaş ehtimolini e’lon qilişdi. Ular Buenos-Ayres markazida yiğilib, Kirşnerni aybdor deb topgan federal sud binosi tomon yurişdi. Yuriş iştirokçilari barabanlar çalib, baqirgan, politsiya tösiqlarini yengib ötişgan.

1 sentabr kuni 69 yoşli Kristina Kirşnerga suiqasd uyuştirildi. Suiqasd Argentina vitse-prezidentining Buenos-Ayresdagi uyi oldida sodir etilgan. Amaldagi davlat rahbari Alberto Fernandes televideniye orqali qilgan çiqişida aytganidek, olomon orasidan bir kişi Kirşnerga qurol körsatib, tepkini bosgan, biroq öq uzilmagan. Hujum qilgan şaxs qölga olindi.

2018 yilda Argentinaning sobiq iqtisodiyot vaziri va sobiq vitse-prezidenti Amado Budu korrupsiyada ayblanib, beş yil-u ön oyga qamalgan edi.