Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi taniqli adib Sobir Önar vafot etganligini ma’lum qilib, uning yaqinlariga ta’ziya bildirdi. 

«Keçagina yaxşi tomonga özgariş böldi, xavf ortda qoldi, deb bizlarni işontirgan eding-ku. Diydor qiyomatga qoldi, qadrdonim», deb yozdi taniqli telejurnalist Komiljon Jumayev öz sahifasida.

Sobir Önar 1964 yil 25 fevralda Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanidagi Quvkalla qişloğida tuğilgan. ToşDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Yozuvçining «Orzuga töla qişloq» (1989), «Ovloq adirlar bağrida» (1990), «Çaşma» (1991) hikoyalar töplamlari naşr etilgan. «Çambilbelning oydalasi» (2006) asari muallifi. Qoraqalpoq adibi X.Tojimurodovning «Ov hangomalari» (1990) hamda turk yozuvçisi Bakir Yulduzning «Karbalo fojiasi» qissasini özbek tiliga tarjima qilgan.