Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondining Vasiylik Kengaşi raisi Nozima Davletova Buxoro şahridagi tergov izolyatorida şu yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpoğistonda sodir bölgan voqealar yuzasidan oçilgan jinoyat işi böyiça sudlanayotgan jurnalist Lolagul Qallixanova bilan uçraşdi. Uçraşuv Qoraqalpoğiston voqealarini örganiş böyiça tuzilgan Mustaqil Komissiya kömagida taşkil etildi. 

Jurnalist bilan izolyatordagi şaroit, sud majlisi qanday ötayotgani, oilaviy va şaxsiy masalalarda suhbat olib borildi. 

Qallixanova soğliği yuzasidan va hibsdagi şaroitdan şikoyati yöqligini, unga nisbatan heç qanday noqonuniy xatti-harakat bölmayotganini, barça tergov harakatlari qonunga muvofiq va himoya huquqi ta’minlangan holda amalga oşirilganini aytib ötdi. 

Suhbat payti Qallixanova mamlakatimizda jurnalistlar hamjamiyatining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oşiriş zarurligini, ular öz huquq va majburiyatlarini aniq anglaşi muhimligini, bu esa, öz navbatida, jurnalistlarning himoyalanganlik darajasini oşirişini gapirdi. 

Nozima Davletova Mass-media fondi Qallixanovaning oilasiga yordam berişga, qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini ta’kidladi.