Qayd etilişiça, Nozima Davletova Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori lavozimida iş boşladi.
Mass-media fondi vasiylik kengaşining navbatdan taşqari yiğilişida fond direktori lavozimiga Nozima Davletovaning nomzodi tasdiqlangan.
N.Davletova jamoatçilik bilan aloqalar böyiça mutaxassis. U "Xalqaro muzokaralar" sohasida universitetda dars beriş tajribasiga ega, gender masalalari böyiça loyihalar taşabbuskori va koordinatori bölib işlagan.
2021 yilning fevral oyida avval AOKAda bölim boşliği bölib işlagan Akbar Rizayev Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori etib tayinlangandi.
Undan oldin, 2020 yilning iyul oyida sobiq tennisçi Aleksandra Kolesniçenko Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondining yangi direktori sifatida iş boşlagandi.
Ma’lumot uçun, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng şaroit yaratiş, ularni yanada rivojlantiriş hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini röyobga çiqarişda kömaklaşiş hisoblanadi.








