Uşbu şior, ayniqsa, tarixi Özbekistonda zamonaviy körgazma bozorining şakllanişi bilan uzviy boğliq bölgan Iteca Exhibitions kompaniyasi faoliyatini aniq aks ettiradi. 1995 yilda xalqaro körgazmalarini ötkazişni boşlagan kompaniya Özbekistonda xalqaro körgazmalarning birinçi professional taşkilotçisiga aylandi va aslida milliy körgazma sanoatining şakllanişida yetakçi örinni egalladi. Yillar davomida kompaniya mamlakat körgazma sanoatini rivojlantirişga katta hissa qöşdi, körgazmalarning iqtisodiy sohalarni rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş va investitsiyalarni jalb qilişning samarali vositasi sifatidagi rolini namoyiş etdi.
Bugungi kunda Iteca Exhibitions körgazma brendlari xalqaro tadbirlar taqvimida mustahkam örin egalladi va har yili butun dunyodan işlab çiqaruvçilar, yetkazib beruvçilar, investorlar, tegişli vazirliklar, soha uyuşmalari va ekspertlarni birlaştiradi. 2007 yildan beri UFIʼning Özbekistondagi birinçi töliq a’zosi sifatida Iteca Exhibitions xalqaro körgazma standartlarini izçil joriy etib, Özbekiston körgazma bozorining global biznes makoniga integratsiyalaşuvini qöllab-quvvatlaydi.
Kompaniyaning bir qator körgazmalari UFI Approved Event maqomiga ega — bu global körgazma sanoati standartlariga muvofiqlikning xalqaro miqyosda tan olinişidir. Ular orasida mintaqadagi asosiy sanoat platformalari bölgan va Özbekistonning xalqaro maydondagi biznes imijini şakllantiradigan UzBuild, TIHE, CAITME va OGU körgazmalarini aytib ötsa böladi.

Iteca Exhibitions kompaniyasining Jahon körgazmalar kuniga 2026 yil bahorgi mavsumining ta’sirçan natijalar bilan yaqinlaşgani ramziy ma’noga ega. Bu bahorda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida — quriliş











