Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov taşabbusi bilan Mass-media fondi tuzilganiga bugun 5 yil töldi. OAV sohasida yuz bergan ijobiy özgarişlarni saqlab qoliş va jurnalistlarni himoya qiliş juda muhim. Fond matbuot uçun media bozorida teng imkoniyatlar yaratiş, OAVni rivojlantiriş funksiyalarini bajarib kelmoqda. Allamjonovga köra, AOKA davlatning yagona media siyosatini yuritişga mas’ul bölsa, fond jurnalist va blogerlarning ovozini eşituvçi birlamçi taşkilotdir.

Özbekistonda jurnalistika va bloging kuçli harakatga aylansa-da, muammolarni muhokama qilib, hal qiluvçi biror platforma yöq edi. Xuddi şunday funksiyalarni dastavval AOKA, keyinçalik u bilan parallel ravişda bundan 5 yil avval tuzilgan Milliy-mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi bajardi. Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va uni amalga oşirişni agentlik böyniga oldi. Komil Allamjonov hamda Saida Mirziyoyeva rahbarlik qilgan bu taşkilot öz oldiga ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlanişda OAVning rolini kuçaytiriş, jurnalistlar huquqini himoya qiliş maqsadlarini qöydi. Oradan 1 yil vaqt ötib, Milliy-mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi tuzildi. Matbuot uçun media bozorida teng imkoniyatlar yaratiş, ularni rivojlantiriş funksiyalarini bugun şu fond bajarib kelmoqda. Şuningdek, tuzilma jurnalist va blogerlarning huquqlarini röyobga çiqarişga ham kömaklaşadi. Sodda til bilan aytganda, fond matbuotning davlat bilan muloqotida professional taşkilot bölib kelmoqda.

Xöş, fond yana qanday vazifalarni bajaradi?

Jamğarma matbuot vakillari, jurnalist va blogerlar uçun loyihalar işlab çiqadi. OAVning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga kömaklaşadi, jurnalist va blogerlar faoliyatini qöllab-quvvatlaydi, ularga huquqiy, tavsiyaviy, taşkiliy, texnik va boşqa yordamlarni körsatiş bilan şuğullanadi.

Ötgan 5 yilda birinçi navbatda xorijiy taşkilotlar bilan şeriklik aloqalari örnatildi, muloqot yölga qöyildi. Dastlabki kunlardanoq fond YeI, BMT va uning taraqqiyot dasturi, aholi fondi, YuNISEF, YuNESKO, Jahon banki, AQŞ xalqaro taraqqiyot agentligi USAID, YeXHT, Qöşma Ştatlar, Fransiya, Germaniya, Şveytsariya va boşqa matbuot reytingi yuqori davlatlar diplomatik korpusi vakillari bilan muloqot olib borildi.

Fond nazdida matbuot xodimlarining huquqiy savodxonligini oşiriş eng asosiy vazifalardan edi. Şuning uçun Şveytsariya va Fransiya elçixonalari bilan treninglar taşkil qilindi. Jurnalist blogerlarning huquqiy savodxonligini oşiriş uçun 100 savolga javob loyihasi ham professional jurnalistikani yaratiş uçun kerakli dasturlardan biri böldi.