Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşining taşkiliy masalalarga bağişlangan yiğilişi bölib ötdi. 

Unda Vasiylik kengaşi raisi lavozimiga Fond direktori sifatida işlab kelayotgan Akramjon Fozilov nomzodi körib çiqildi va ma’qullandi. 

Akramjon Fozilov

Jurnalistika va kommunikatsiya sohasida tajribaga ega Jahongir Azimov Mass-media fondi direktori etib tayinlandi. 

Jahongir Azimov

Jahongir Azimov 1992 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2016 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2022 yilda AQŞ Alabama universitetida ijodiy jurnalistika böyiça magistraturani tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini Özbekistondagi BMT doimiy koordinatori idorasida boşlagan. 2017 yilda u Özbekistondagi birinçi TEDx, TEDxMustaqillikSquare konferensiyalari taşkilotçisi böldi. Şundan söng Voice of Taşkent’da mustaqil muallif bölgan, söngra Özbekiston Taşqi işlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligida (2018−2020 yillarda) işlagan.