Prezidentning tegişli farmoni bilan Amrillo Şodiyeviç Inoyatov Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri lavozimiga tayinlandi.
Amrillo Inoyatov 1979 yilda tuğilgan. 2001 yil Buxoro davlat tibbiyot institutini, 2005 yilda Toşkent tibbiyot akademiyasida «Bolalar yuz-jağ jarrohligi» mutaxassisligi böyiça aspiranturani tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-tekşiriş laboratoriyasida boşlagan. 2006-2014 yillarda uşbu institutning «Xirurgik stomatologiya» kafedrasi assistenti, mazkur kafedra mudiri, Stomatologiya fakulteti dekani vazifalarida işlagan.
2014-2020 yillarda Toşkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filialining Stomatologiya fakulteti dekani, uşbu filial direktori, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat körsatgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Amrillo Inoyatov 2020 yil iyulida Özbekiston prezidentining yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
2020 yil 3 noyabrdan buyon soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi.
Vazirlikka 2021 yil kuzidan buyon rahbarlik qilib kelgan Behzod Musayev Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri lavozimiga ötkazildi.








