Yangi yil bayrami arafasida taşkil etilgan “Namangan square” loyihasining oçiliş marosimida Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov hamda viloyat sektor rahbarlari iştirok etib, yangi qurib bitkazilgan zamonaviy xonadon egalarini samimiy tabrikladilar.

Birlaşgan Arab Amirliklarining “MJ Developers” kompaniyasi Davlatobod tumanida “Namangan Premium Invest” MÇJ nomi bilan röyxatdan ötgan. Kompaniya tumanning Islom Karimov köçasida, 18 gektar maydonda “Namangan square” köp qavatli turar joy majmuasini öz içiga olgan aqlli şaharçani quriş loyihasini amalga oşirmoqda.

Bu loyiha 50,0 mln dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya hisobidan amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

“Namangan square” aqlli şaharçasini 2026 yilda töliq topşiriş rejalaştirilgan. Loyiha Davlatobod tumanining eng qulay qismida, Namangan xalqaro aeroporti va Prezident maktabi yaqinida joylaşgan.

“Namangan square”da golf maydoni ham quriladi. 325 ming kvadrat metrdan ziyod hududda 2ta tijorat va zamonaviy köp qavatli turar joy majmuasi barpo etiladi. Aqlli şaharça hududida bolalar boğçasi, boşlanğiç va örta maktab, biznes markaz va zamonaviy mehmonxona ham qad rostlaydi.

Aqlli şaharçaning afzallik tomonlaridan yana biri şuki, bu yerda gaz, elektr energiyasi va suv bilan boğliq muammolar bölmaydi.

Şu bilan birga, mazkur loyiha Farğona vodiysida yagona hisoblanadi. Çunki uşbu majmuaning 40 foiz hududi yaşil maydonçalardan iborat böladi.

2019 yil oxirida loyiha tasdiqdan ötib, quriliş işlari boşlangan bölib, 2020 yil bahoridan 2021 yil kuz fasliga qadar mamlakatimiz va dunyoning juda köp hududlaridagi kabi kuzatilgan karantin davridan keyin kompaniya öz işini yana davom ettirdi va hozirgi kunga kelib kompaniya 9 mln AQŞ dollari miqdoridagi töğridan-töğri xorijiy investitsiya mablağlarini özlaştirdi.