Kelayotgan hafta Markaziy Osiyoni anomal darajadagi qahraton ob-havo kutyapti. 6 yanvardan boşlab Rossiyaning Yevropa qismini qamrab olgan, ayrim joylarda havo haroratini -40 darajagaça tuşirgan sovuq antitsiklon Özbekistonga 9 yanvar, duşanbada yetib keladi. Sinoptiklarning ma’lum qilişiça, anomal sovuq 15 yanvar, yakşanba kuniga borib çekinişni boşlaydi. Ungaça köplab hududlarda harorat kunduzi -8 darajagaça, keçalari -17 darajagaça tuşadi. Şimoliy va çöl hududlar keçalari -27 darajagaça sovib ketişi, janubda va Farğona vodiysida esa tungi harorat -10 darajagaça tuşişi kutilyapti. Duşanbadan çorşanbagaça yoğingarçilik böladi.

Anomal sovuq munosabati bilan barça böğindagi ta’lim maskanlarida qişki ta’til bir haftaga uzaytirildi. Maktablarda ham, oliygohlarda ham darslar 18 yanvar, çorşanbadan boşlanadi. Bu xabardan keyin internet ahli 14 yanvar – Vatan himoyaçilari kuni haqida maktab öquvçisining ötgan yili tarqalgan audiosini yana bir marta eşitib, kulib oldi: “Ustoz, qizlar bizga 14 yanvarga sovğa berişmaydi, töğrimi? Kanikul bölib qoldi. Şunga biz ularga 8 martda sovğa bermaymizmi? Qizlar berasanlar deb turib oladi... Ustoz, men bermayman”. Yigitçaga qizçaning javobidan ham xabaringiz bölsa kerak.

Ta’til çözilganiga bolalar xursand, lekin kattalar haqida bunday deb bölmaydi. Kunlar sovuqlaşişi ortidan gaz pasayadi, elektr öçişlari köpayadi. Oldindagi bir hafta uyni isitiş aksariyat özbekistonliklar uçun birinçi navbatdagi hayotiy masalaga aylanadi. Energetika vazirligi köriladigan çoralar haqida axborot berdi. Vazirlik vaziyat taqozosi bilan rejali çeklovlar kiritişga töğri kelişini, bu çeklovlar “qisqa muddatli” bölişini ma’lum qildi.

Qöşimça qilib ötamiz, çorşanba kuni prezident Şavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Rasmiy xabarga köra, prezidentlar energetika, savdo va strategik şeriklik masalalari haqida gaplaşgan.

“Dok-1 Maks”ning tarkibi özgargan, mas’ullar buni sezmagan

Özbekistonda kamida 20 ta bolaning ölimiga sabab bölgani aytilayotgan “Dok-1 Maks” dorisining laboratoriya sinovlari belgilangan tartibda ötkazilmagan. Bu haqda jinoyat işini tergov qilayotgan Davlat xavfsizlik xizmati