Özbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabariga köra, samolyot Toşkentdan mahalliy vaqt bilan soat 14.35 da havoga kötarilgan. Airbus A321 havo kemasi bortida 135 yölovçi va 9 nafar ekipaj a’zosi bölgan.
Olingan ma’lumotlarga köra, hodisa natijasida 7 kişi (şundan 3 nafari Özbekiston fuqarosi) jabrlangan.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 16.45 da Olmaota aeroportiga qöngan. Yölovçilarga yordam körsatiş uçun tez yordam maşinalari aeroportda kutib olgan.
Havo kemasi qönganidan söng 2 nafar yölovçi tibbiy yordam söragan va ular Olmaotadagi şifoxonalardan biriga körikdan ötiş uçun yuborilgan.
Olingan ma’lumotlarga köra, körikdan söng singan tan jarohatlari qayd etilmagan, tibbiy yordam körsatilgaç, yölovçilar kasalxonaga yotqizişdan boş tortişgan.
Qozoğiston fuqaro aviatsiyasi qömitasi ma’lumotlariga köra, uşbu fakt vakolatli organlar tomonidan tekşiriladi hamda natijalari böyiça keyinroq qöşimça axborot beriladi.

















