9 yanvardan Toşkentda metro bekatlarga yaqin joylaşgan 31 ta OTMda dars jarayonining boşlaniş vaqti özgartiriladi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinişiça, mazkur qaror poytaxt metropolitenida yölovçi oqimini töğri taqsimlaş, talabalarning öz vaqtida dars maşğulotlariga yetib borişlari uçun qulaylik yaratiş maqsadida qabul qilindi.

Transport vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toşkent şahar hokimligi tomonidan qabul qilingan qarorda keltirilişiça, tegişli ta’lim muassasalarida iş grafigi maqbullaştirilgandan söng tiğiz vaqtlarda metropolitenda yölovçi oqimini töğri taqsimlaş böyiça qöşimça çoralar köriladi.

Eslatib ötamiz, prezident qarori bilan 2023 yil 1 yanvardan Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi taşkil etildi. 2022 yil oxirida hukumat tarkibi yangilanib, sobiq innovatsiya vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu vazirlikka vazir etib tayinlandi. Oliy ta’lim vazirligining sobiq rahbari Abduqodir Toşqulov prezident maslahatçisiga örinbosar bölgandi.