«Respublika hududlarini toifalarga ajratiş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşning tabaqalaştirilgan tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Unga köra, 2023 yil 1 yanvardan respublikaning 208 ta tuman va şaharlari 5 ta toifaga ajratiladi. Tuman va şahar toifasidan kelib çiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.
2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargaça soliq solişning quyidagi tabaqalaştirilgan tartibi joriy etiladi:
5-toifadagi tumanlarda röyxatdan ötgan va şu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar:
- foyda soliği, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz;
- yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğini mazkur soliqlar böyiça hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari böyiça tölaydi.
Yirik soliq tölovçilar, doimiy muassasa, budjet taşkiloti va davlat korxonasi, ustav jamğarmasida davlat uluşi 50 foiz va undan köproq miqdorda bölgan yuridik şaxslar bundan mustasno.
Şuningdek, 5-toifadagi tumanlarda röyxatdan ötgan va şu hududlarda faoliyat yuritadigan YaTTlar jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining qat’iy belgilangan summalarini tölaşdan ozod qilinadi.
2023 yil 1 yanvardan:
4 va 5-toifadagi tumanlarda röyxatdan ötgan va şu hududlarda faoliyat yuritadigan kiçik tadbirkorlik sub’yektlariga:
- banklarning kredit va lizinglari böyiça uning asosiy stavkadan oşgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan köp bölmagan qismini qoplaş uçun kompensatsiya;
- banklar kreditlarining 75 foizigaça, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard sömdan oşmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.
Farmon bilan şuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:






















