“Dok-1 Maks” dori vositasi saqlanayotgan bojxona omborida mazkur dorining joriy yil dekabr oyida keltirilgan 3 ta partiyasi, ya’ni salkam 60 ming qutisi qat’iy nazorat ostida saqlanmoqda. Şuningdek, ilgari keltirilib, erkin muomalaga çiqarilişi lozim bölgan yana 2 ta partiyadagi uşbu dori vositasi ham uşlab turilibdi. Bu haqda davlat bojxona qömitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev ÖzAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, ayni paytda “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari barça dorixonalar savdosidan örnatilgan tartibda qaytarib olingan. 

“Dok-1 Maks” dori vositasi Özbekiston bozoriga 2012 yildan kirib kelgan. Mutaxassislarning ma’lum qilişiça, mazkur dori vositasining şu davr mobaynida nojöya ta’siri bölmagan. Faqatgina bir partiyasida bunday nojöya ta’sir kuzatilgan. Amaldagi tartiblarga köra, dori vositasini erkin muomalaga çiqarişda uning Özbekistonda röyxatdan ötganligini tasdiqlovçi guvohnoma hamda olib kirilayotgan dorilarning har bir seriyasi uçun muvofiqlik sertifikatlari bojxona organlariga taqdim qilinadi. Şundan sönggina dori vositalari bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziladi. Bojxona organlari tomonidan salbiy holatlar kuzatilgan ilk kunlardanoq dori vositasini erkin muomalaga çiqarmaslik uçun barça çoralar körilgan va hozirda qat’iy nazorat ostida”, — degan Husan Tangriyev. 

Oldinroq Sirdaryo viloyatida “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari yetti nafar bolaga nojöya ta’sir qilgani, ularning uç nafari şifoxonaning jonlantiriş bölimida ekani ma’lum qilingandi.