Angren şahri Toşkent viloyatining yirik şaharlaridan biri hisoblanadi. Şaharning Dorilfunun mahallasi 45-uyda yaşovçi ayol Malohat Amanqulovaning aytişiça, 2 noyabrdan beri mahalladagi köp qavatli uylar yaxşi isitilmaydi.
“Neça yillardan beri şunaqa sovuq uylarda yaşaymiz. Bizda oktyabrdan boşlab xonadonlar sovib ketadi, şu bilan maygaça davom etadi.
Boşqaruv servis kompaniyasi (BSK), “Issiqlik manbai”, IESga murojaat qilganmiz. Hammasi: “Biz heç narsa qilolmaymiz, nosozlik tufayli şunday bölyapti”, deyişdan nariga ötmaydi.
Mahallada hokim yordamçilari bor, şularga ham murojaat qildik. Hokimiyatdan vakil kelib, aholi murojaatlarini örgangandayam arzimizni aytdik”, – deydi Malohat Amanqulova.
Şuningdek, şu mahallaning 5/5 kvartali 47-uyida yaşovçi yana bir fuqaro ham xonadonlari sovuqligini, isitilmagan kun uçun ham tölov qilişni söraşganini aytdi.
“Xonadonlar dahşatli darajada sovuq. 4-5 qavat kiyinib, qalin paypoqlarda uxlayapmiz. Noyabr oyida 20 kun “otopleniya” bölmagandi, bir IESda avariya böladi, yana boşqa yerda nosozlik. Dekabrda ham 20 kundan beri issiqliksiz ötiribmiz, bularning hammasini men qayd qilib qöyganman”, – deydi Nadejda Lebedova.
“Bu yil Angrenda isitiş tizimi nol böldi, tayyorgarlikni yozda köriş kerak edi. Endi hozir töğrilaşdan nima foyda? Hozir BSKlar, şirkatlar qölidan kelgança yordam beryapti, issiqlik kelayotgan manbaning özi betayin bölsa, bular qanday qilib tayinli uzatsin?
IESdagi nosozliklar – bahona. Men özim yangi Angren IESda injyener bölib işlaganman, bitta blokning me’yorida işlaşi uçun 2-3 oy oldin tayyorgarlik köriladi. Buning uçun ketadigan mablağ ham oldinroq tayyorlanişi kerak. Ayni qiş mavsumida qanday qilib muammoni öz-özidan hal qilişmoqçi? Mablağni qayerdan olmoqçi? Hozir mana şuni deb qança odam zarar köryapti, sarf-xarajat qilib yotibdi”, – dedi u.
Angrenning Mustaqillik mahallasida yaşovçi Islom Oripov bu tizimdan voz keçib, kotyolga ötiş kerakligini taklif qilmoqda.
“Isitiş muammosidan ançadan beri qiynalib kelamiz. Issiqlik bir bor, bir iliq, bir umuman yöq. Yarim keçasi ham öçirib qöyişadi, uyda yoş bolalar ham bor. Bolalar sovuqda şamollab yotişibdi. Kattalar-ku mayli, çidayapmiz. Buning ustiga 2 soatdan ortiq çiroqni ham öçiradi, ikkala muammo birdaniga töğri kelib qoladi. “Otopleniya”ni bekor qilib, ikki konturli kotyol qilib, uyni isitgan yaxşi edi, şunga ham qöymaydi bular. Bu xizmatdan umuman noroziman. Menimça, bu tizimni bekor qiliş kerak yoki har bir uyga moslama qöyişsin, daraja ölçaydigan qurilma örnatişsin. Bu suv neçadir gradusda kelişi kerak, lekin şuni ham ololmaymiz. Doim avariya… Xohlasa öçiradi, xohlasa yoqadi”, –

















