Azamat Şuhratoviç Fozilov Özbekiston prezidenti administratsiyasi ijro apparati boş maslahatçisi etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga hukumatdagi manbasi ma’lum qilgan.  

Bungaça Azamat Fozilov Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligining inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantiriş departamenti direktori lavozimida işlagan.   

Fozilovning mehnat faoliyati  

Azamat Fazilov 1980 yilda Samarqand şahrida tuğilgan, ma’lumoti oliy. 2002 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini bakalavr va 2003 yilda Bank-moliya akademiyasi magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodçi. 

2019 yilda Moliya vazirligining ğaznaçilik boşliği birinçi örinbosari lavozimiga  tayinlangan.  

2021 yilda inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantiriş departamenti direktori sifatida Iqtisodiy taraqqiyot vazirligida iş boşlagan.  

Ma’lumotlarga köra, Azamat Fozilovning Samarqand viloyatida joylaşgan  “Mironkul Stroy Servis” MÇJ kompaniyasida uluşi bor. Bu kompaniyaning asosiy hissadorlaridan biri akasi – Baxtiyor Fozilov.  

Baxtiyor Fozilov haqida 

Tadbirkor Baxtiyor Fozilov sönggi yillarda eng yirik energetika kompaniyasiga aylangan “Canoat energetika guruhi” (SANEG) MÇJga egalik qiladi. Hozirda kompaniyaning 99 foiz uluşi ofşor zona bölmiş Kiprda röyxatdan ötgan “Belvor Holding Limited” kompaniyasiga tegişli. Ma’lumotlarga köra, “Belvor Holding Limited” ham tadbirkor Baxtiyor Fozilovning öziga tegişli. 

2022 yil may oyidagi rasmiy ma’lumotga köra, SANEG kompaniyasi Özbekistonda yer qa’ridan foydalaniş huquqiga ega 103 ta konga egalik qiladi. Mamlakatdagi neft qazib olişning taxminan 80 foizi, tasdiqlangan gaz zaxiralarining esa taxminan 22 foizi SANEG hissasiga töğri keladi.