Özbekistonda tibbiy suğurta tizimi sinov tariqasida joriy qilinmoqda. Birinçi bölib amaliyot Toşkent şahrida, şuningdek, Navoiy viloyatida ham joriy qilinadi. Bu haqda soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov xabar berdi. 

«Prezidentning Oliy Majlisga yöllagan murojaatida ta’kidlanganidek, 2023 yildan boşlab, Davlat tibbiy suğurta tizimini Toşkent şahrida joriy qiliş uçun barça imkoniyatlar mavjud. Biz özimizga majburiyat olgan holda Navoiy viloyatida ham tibbiy suğurtani yölga qöyamiz», dedi vazir. 

Inoyatov sözlariga köra, bir oy muddatda tibbiy suğurta tizimini joriy etiş böyiça qaror işlab çiqiladi.  

Şuningdek, Toşkent şahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta şifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlaşga 30 mlrd söm yönaltiriladi. 

Toşkent şahrida 2023 yil 1 iyuldan tibbiy suğurta tizimi mexanizmlari joriy etiladi. 

Bunda tibbiyot muassasalari töliq raqamlaştiriladi. Şundan söng, har bir bemor qaçon, qayerda va qanday davolanişi haqida aniq ma’lumotga ega böladi.