“Angren” va “Yangi Angren” IESlari işonçli boşqaruvga berilişi ortidan ötgan uç yilda qariyb 1,5 trln sömlik zarar kördi. Rossiyadan karrasiga qimmat kömir import qilingan. Oxir-oqibat şaharda odamlar sovuq kunlari oylab issiqliksiz qoldi. Davlat asosiy mulkini “işonçli boşqaruvçi”dan qaytarib olişga şoşilmayapti.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Toşkent viloyati Angren şahrida oylab davom etgan issiqlik ta’minoti muammolari va “Angren” issiqlik elektr stansiyasidagi ketma-ket avariyalardan keyin stansiya işonçli boşqaruvdan olindi.
Ayni paytda Özbekistondagi eng yirik IESlardan hisoblangan “Yangi Angren” boşqaruvi davlatga qaytgan-qaytmagani noma’lum bölib qolmoqda.
Bu ikki stansiya bir neça yil oldin “Central Asia Energy” kompaniyasiga işonçli boşqaruvga berilgandi. Ma’lum bölişiça, xususiy kompaniyaning işonçli boşqaruvi ostida ötgan yillar davomida stansiyalar yirik miqdorda zararga kirib ketgan.
“Central Asia Energy” MÇJning 100 foizlik ta’sisçisi – Qozoğistonda röyxatdan ötgan – “Gornyye raboty” kompaniyasi. Bu kompaniya milliarder Fattoh Şodiyevga aloqador ekani aytiladi.
Közdan panadagi işonçli boşqaruv va xorijdagi oligarxlar
2017 yanvarida Özbekistonda “SFI Management Group” MÇJ taşkil etilgan. Şu yilning özidayoq bu yangi kompaniyaga davlatga qaraşli yirik korxonalar – OKMK, “Özmetkombinat” va “Özikkilamçiranglimetall” işonçli boşqaruvga berilgandi. Bu boradagi kelişuvlar 2021 yil fevralida bekor qilindi.
Bu orada, Qozoğistondagi kiçik korxona (xodimlari soni 5 nafardan oşmaydigan) – “Gornyye raboty”ning ta’sisçiligida 2019 yili Özbekistonda “Central Asia Energy” MÇJ oçilgan. Bu kompaniya ham, avvalgisi kabi, oçilganidan keyin köp ötmay uçta yirik davlat aktivining işonçli boşqaruvini qölga kiritgan: bular – “Angren” va “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyalari hamda “Özbekkömir”.
Özbekiston hukumati metallurgiya zavodlarini SFI guruhiga, ikkita IES va kömir sanoatini esa qozoq kompaniyasiga nega heç qanaqa tanlovsiz berib yuborgani, ularga qanday majburiyatlar yuklatilganini heç qaçon oçiqlamagan.
Milliarder Alişer Usmonov 2018 yilda rusça Forbes'ga bergan intervyusida uning “Metolloinvest” holdingi SFI guruhi bilan hamkorlik qilişini, bu guruh boşqa bir taniqli milliarder Fattoh Şodiyevning akasi Kobul Şodiyevga tegişli ekanini aytgan. Oçiq manbalarda Şodiyev Bobur Kobuloviç (“Paxtakor” FKning sobiq prezidenti) “SFI Management Group” MÇJ kuzatuv kengaşi raisi bölgani haqida ma’lumotlar bor.
Mavzuga oid
Aynan SFI'ning Şodiyevlarga aloqadorligi ehtimoli şunisi bilan ham muhimki, 2019 yili “Central Asia Energy” taşkil etilgan vaqtda uning yuridik manzili “SFI Management Group”niki bilan bir xil bölgan (Toşkent şahri, Bunyodkor şoxköçasi, 42/1). Bu esa Angrendagi IESlarning “işonçli boşqaruvçi”si ham Şodiyevlar bölişi mumkinligiga işora qiladi.
Foyda bilan işlab kelgan kompaniyalar trillionlab zarar körgan
Kun.uz sovuqda uyi isimayotgan angrenliklarning şikoyatlarini yoritgan edi. Aholining noyabr oyidan buyon sovuq uylarda yaşaşga majbur bölgani va ketma-ket avariyalar röy berganidan keyin, 2023 yilning yanvar oyida Vazirlar Mahkamasi “Angren IES” AJni işonçli boşqaruvdan qaytarib olişga qaror qildi.
Angren şahar prokurori Uluğbek Xabiljonovning Kun.uz'ga aytişiça, bunga kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş uçun öz vaqtida mablağ ajratilmagani sabab bölgan. Uning sözlariga köra, hozirda stansiyadagi 3ta qozondan faqat bittasi işlayapti.
“Qozoğistonliklarga tegişli kompaniya bu IESlarga umuman qaramay qöydi. Ikki marta nosozlik kuzatildi. Kuz-qişga tayyorgarlik köriş uçun 30 mlrd söm mablağni ham keç ajratişgan. Şahar hokimi bilan birga yozdan beri bu böyiça e’tiroz bildiramiz, yaqinda ham joyiga borib, şikoyat qilganimizdan keyin tuzatişga ötişdi.
Bu böyiça boş vazirgaça çiqildi, 2 yanvar kuni ikkala IES ham taşqi boşqaruvdan olinib, Energetika vazirligiga berildi. Yangi rahbar ham tayinlandi. Özimizga töliq ötganidan keyin pul ajratiladigan böldi, hozir nosozliklarni tuzatiş uçun işçi guruh jalb etilgan”, – dedi Uluğbek Xabiljonov.
Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, “Angren” IES 2022 yilning 9 oyida 111,8 mlrd söm zarar körgan. Stansiya işonçli boşqaruvga berilganidan keyin ötgan vaqt içida jami zararlar hajmi 577 mlrd sömga yetgan. Jamiyatning sof aktivlari qiymati 117 mlrd sömga qisqargan. Vaholanki, kompaniya 2017, 2018 va 2019 yillarni foyda bilan yakunlagan edi.
“Yangi Angren” IES esa 2022 yilning 3-çoragini 169 mlrd sömdan ortiq zarar bilan yakunlagan. Jamiyat işonçli boşqaruvga berilganidan buyon yiğilgan zarar 875 mlrd sömdan oşgan. Sof aktivlari – minus 440 mlrd söm.
Bakirovning izohlaşiça, bu raqamlar – IESlar “öz kapitalini yeb tugatgani”ni anglatadi: töliq yoki töliq bölmagan 3 yil içida ikkala stansiyada 1,5 trillion sömlik zarar jamlangan.
“Yana, şunday katastrofa oqibatlarga qaramay, davlat bu şovvozlarga işonçli boşqaruv uçun komissiya haqi ham tölagan. Tölangan komissiyalar töğrisidagi axborot biron marta oçiqlanmagan”, – deb yozadi iqtisodçi.
Rossiyadan karrasiga qimmat kömir importi
2019 yilda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning öşa paytdagi raisi Ruslan Mubarakşin IESlar 3 yilga işonçli boşqaruvga berilişi, tabiiy gazdan foydalaniş maksimal qisqartirilişi va kömirdan foydalaniş oşirilişini aytgan edi.
Otabek Bakirovning yozişiça, Angrendagi IESlar – Özbekistondagi eng yirik kömir importçilaridir, lekin “kömir qayerdan, qanaqa narxlarda olib kelinayotgani, qançasi yoqilayotgani, qançasi qayoqqa ketayotgani haqida bironta oçiq axborot yöq”.
Gazeta.uz'ning Statistika qömitasiga tayanib yozişiça, 2022 yilning 11 oyida Özbekistonga 105,8 mln dollarlik 2,39 mln tonna kömir import qilingan. Kömirning örtaça narxi tonnasiga 44,1 dollarga yetgan (ötgan yil bilan taqqoslaganda 15,3 foizga qimmat).
Özbekistonga Rossiyadan import qilinayotgan kömir Qozoğistondan keltirilayotganiga qaraganda 8,8 barobar, Qirğiziston kömiriga qaraganda esa 11,1 barobarga qimmat tuşyapti.
Bu – 2022 yilning yanvar–noyabr oylaridagi kömir importiga oid quyidagi rasmiy statistikada körinadi:
Qozoğistondan 51,1 mln dollarlik 1,3 mln tonna kömir import qilingan (tonnasi örtaça 39,4 dollar);
Qirğizistondan 32,3 mln dollarlik 1,03 mln tonna kömir import qilingan (tonnasi örtaça 31,2 tonna);
Rossiyadan 21,8 mln dollarlik 62,5 ming tonna kömir import qilingan (tonnasiga örtaça 347,8 dollar).
Otabek Bakirovning fikriça, işonçli boşqaruvga berilgan barça aktivlarda “zarari davlatga, foydasi çöntakka” qabilidagi sxemalar işlatildi va işlatilmoqda.
“Bu sxemalar töliq taftiş etilişi va heç qursa, xatolarga boşqa qaytmaslik uçun siyosiy baho berilişi lozim va lobud!” – deya yozgan iqtisodçi. U Davlat aktivlarini boşqariş agentligidan barça ma’lumotlarni oçiqlaşni, prokuraturadan esa iş oçişni söramoqda.
“Taftiş ötkazilişi va siyosiy javobgarlik bölişi zarur”
Bloger Qobil Xidirov (davletovuz) özini oqlamagan işonçli boşqaruvçilardan davlat butkul yuz ögirişi kerakligini ta’kidladi.
“Avvalo, işonçli boşqaruvning qonuniy asoslari yaratilişi, davlat xavfsizligi va milliy manfaatlar ustuvorligi qat’iy belgilanişi, javobgarlik masalalari hal etilişi lozim. Ungaça davlat aktivlari işonçli boşqaruvga berilmasligi kerak.
Ikkinçidan, işonçli boşqaruvga berilgan barça davlat aktivlarida taftiş ötkazilişi, taftiş natijalari asosida körilgan zarar qoplanişi, siyosiy javobgarlik bölişi zarur.
Uçinçidan, özini oqlamagan işonçli boşqaruv taşkilotlari va ularning benefitsiarlari biror davlat aktiviga yaqinlaştirilmasligi, xususiylaştiriş jarayonida qatnaşmasligi, davlat xaridlarida iştirok etmasligi kerak”, – deya yozdi bloger.
“Yangi Angren” IES böyiça xususiy boşqaruv davom etişi mumkin
Bloger talab qilgan javobgarlik masalasining örniga boşqa masala körilayotgan bölişi mumkin – şunça zararga qaramay, “Yangi Angren” IESni xususiy boşqaruvçilarga qaytarib beriş.
Angren prokurori şahardagi ikkala IES ham işonçli boşqaruvdan qaytarib olinganini aytgan bölsa-da, lekin hali “Yangi Angren” IES davlat boşqaruviga qaytmagan. Energetika vazirligi matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban hozirça “Angren” IES “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga ötkazilganini ma’lum qildi, lekin “Yangi Angren” IES masalasiga aniqlik kiritmadi.
Ta’kidlaş kerak, 2100 megavatt quvvat örnatilgan “Yangi Angren” IES – Özbekistondagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri. Taqqoslaş uçun, işonçli boşqaruv bekor qilingan “Angren” IESning quvvati bundan ança kam – 393 megavatt.
Otabek Bakirovga köra, “Central Asia Energy” MÇJ “Yangi Angren” IES böyiça işonçli boşqaruv şartnomasini davom ettirmoqçi. “Mas’ullar orasida hatto bunga rozi bölayotganlar ham bor”, deya ma’lum qilgan iqtisodçi.
Şu tariqa, ayni paytda qator savollar oçiq qolmoqda:
Xususiy kompaniyaning “Yangi Angren” IES va “Özbekkömir”dagi işonçli boşqaruvi bekor qilinadimi yoki davom etadimi?
“Central Asia Energy”ga uçta davlat aktivi nega tanlovsiz işonçli boşqaruvga berilgan? Qaysi şartlar asosida, qaysi sanagaça? Bu oddiy ma’lumotlarning yillardan buyon yaşirilişi hukumatning oçiqlik da’volariga soya solmaydimi?
Xususiy boşqaruvga beriş böyiça şu va bundan avvalgi orttirilgan tajribalarga davlatning munosabati qanday?
Mavjud holatlarni ehtimoliy huquqbuzarlik alomatlari sifatida körgan holda, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taftiş ötkaziş böyiça körsatma beriladimi?
Angrenda odamlar oylab sovuq uylarda yaşagani heç qanaqa siyosiy javobgarlikni keltirib çiqarmaydimi?