«Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalari laboratoriya sinovlaridan belgilangan tartibda o‘tkazilmagan – DXX
«Quramax Medikal» MChJ hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» MChJ mas’ul shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
Davlat xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, «Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan.
“Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan «Quramax Medikal» MChJ hamda «Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi» MChJ mas’ul shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan «Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalarining nojo‘ya ta’siri oqibatida, hozirga qadar «o‘tkir buyrak yetishmovchiligi» tashxisi bilan davolangan bemor bolalar hayotdan ko‘z yumgan.
«Quramax Medikal» MChJ tomonidan mamlakatimizga import qilingan ushbu preparatlar «Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi» MChJ tomonidan laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilgan hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» MChJ mas’ul xodimlari tomonidan me’yoriy-huquqiy hujjat talablari qo‘pol ravishda buzilib, ushbu dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaganligi natijasida, sifatsiz preparatlarning sotuvga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilgan”, — deyiladi DXX xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, jinoyat ishi doirasida «Quramax Medikal» MChJning 2 nafar rahbar xodimi hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» MChJning 2 nafar mas’ul xodimi gumonlanuvchi shaxslar sifatida DXX Tergov hibsxonasiga tegishli tartibda joylashtirilgan. Shuningdek, «Quramax Medikal» MChJ tomonidan Hindiston davlatidan O‘zbekistonga import qilinayotgan dori vositalarining bojxona nazoratidan o‘tkazilishi to‘xtatilgan hamda dorixonalardagi bunday preparatlar yig‘ib olingan.
Shuningdek, «Quramax Medikal» MChJga tegishli dori vositalari O‘zbekistonda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgani hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi mutasaddi xodimlarning ushbu holat bo‘yicha amalga oshirgan harakatlarini tekshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Armaniston va Ummonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
Jahon | 13:41
-
Qibrayda 1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi
O‘zbekiston | 13:40
-
“Mulala” GESi qurilishini Xitoy moliyalashtiradi” – “O‘zbekgidroenergo”
O‘zbekiston | 13:38
-
Ramazonda ham to‘xtamagan qirg‘in, Yevropa rejalashtirayotgan tinchlik rejasi va Pentagon rahbarining yangi tatuirovkasi - kun dayjesti
Jahon | 13:34
Mavzuga oid

15:39 / 03.07.2024
“Dok-1 Maks” ishi. Apellyatsiya instansiyasi dastlabki hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi

18:48 / 20.01.2024
“Bolam ko‘rmaydigan va eshitmaydigan bo‘lib qoldi” - Dok-1 Maks ishining navbatdagi sud majlisidan reportaj

17:59 / 18.01.2024
“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchi ota 3 mlrd so‘mlik kompensatsiya talabini 8 mlrd so‘mga oshirdi

12:50 / 13.01.2024