Uçraşuvda ikki mamlakat örtasida fuqarolar xavfsizligi, terrorizmga qarşi kuraş, kiberjinoyatçilik, odam savdosi sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

AQŞ Davlat kotibi örinbosari Özbekistonda demokratik islohotlarni amalga oşiriş, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş, majburiy va bolalar mehnatiga barham beriş, din erkinligini ta’minlaş, adliya tizimi şaffofligini, söz va matbuot erkinligini mustahkamlaş borasida erişilgan yutuqlarni qayd etdi. Uning sözlariga köra, Özbekiston mintaqa uçun «namunali mamlakat»ga aylanib, qisqa muddat içida köp yillik muammolarni tubdan hal etiş bilan tub özgarişlarni amalga oşiriş imkoniyatini yaqqol namoyiş etdi.

Uzra Zeya Özbekistondagi islohotlar siyosati AQŞ Davlat departamentining asosiy ustuvor yönalişlariga töliq mos kelişini alohida ta’kidladi. Bu ikki tomonlama munosabatlarning yuqori dinamikasi va işonçli xususiyatga ega bölişini ta’minlaydi.

Tomonlar özaro hurmat, işonç va bir-birining manfaatlarini hisobga oliş tamoyillari asosida hamkorlikni mustahkamlaşga tayyorligini bildirdi. Rasmiy Vaşington 2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni töliq amalga oşirişda mamlakatga har tomonlama yordam körsatişga tayyorligi alohida ta’kidlandi.