Özbekistonda, bizdan keyingi avlodlarimiz uçun qor noyob hodisaga aylanadi, degan xavotirlar asossizga öxşayapti. Esingizda bölsa, avvalgi yillardagi iliq va qorsiz qişlardan keyin şunaqa taxminlar aytila boşlagan, şaharda yaşovçilar qiş uçun qalin etiklar olmay ham qöygandi. Duşanba kuni köplab hududlarda yoğgan qor nafaqat qalinligi bilan, balki mana hafta oxirigaça ham erimay turgani bilan noodatiy hodisa böldi.

Lekin qalin qor yoğgani bilan, qorböron öynaganlarni juda kam kördik. Aniqroği, anomal sovuq bunga yöl qöymadi. Qorning hafta oxirigaça erimay turgani ham ana şu izğirin bilan boğliq. Vodiy viloyatlarida tungi harorat -15 darajagaça tuşgan bölsa, boşqa hududlarda termometr körsatkiçi -20 darajadan pastga tuşdi. Gulistonda -27, Navoiyda -29, Şahrisabzda -30 darajagaça sovuq kuzatildi. Bir neçta daryolar yuzasi muzlab qoldi.

Toşkent aholisi esa oxirgi 50 yillikdagi eng sovuq yanvarni boşdan keçiryapti. 13 yanvar tongida “Özgidromet”ning şahardagi stansiyalari -19,8 darajani körsatdi. Sinoptiklarning aytişiça, poytaxtdagi rekord qahraton 1930 yil dekabrda, -29,5 daraja bölgan. Toşkentda va umuman Özbekiston hududida oxirgi marta bunaqa qattiq qiş 2006 va 2008 yillarda bölgan.

Hafta davomida transport tizimiga oid yangiliklar oqimi xorij xabarlarini eslatib yubordi. Noqulay ob-havo şaroiti tufayli öndan ortiq xalqaro aviareyslar keçiktirildi, bir qator mahalliy parvozlar bekor qilindi. Toşkent va Buxoro örtasida “Afrosiyob” poyezdi qatnovi 3 kunga töxtatildi. Qozoğistonda sovuq tufayli yölda qolib ketgan avtobuslardan yuzdan ortiq özbekistonlik evakuatsiya qilinişi ortidan, xalqaro yönalişlardagi barça avtobus qatnovlari bekor qilindi. 12 yanvar kuni Yunusobodda 17 ta maşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi

Qattiq sovuq energetikadagi uzilişlarni köpaytirdi. Köplab hududlarda gaz bosimi pasayib ketdi yoki umuman öçib qoldi. Respublika böyiça avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalari yopildi, yirik sanoat korxonalariga gaz va elektr uzatiş töxtatildi, barça hududlarda köça yoritiş çiroqlarining bir qismi öçirildi.

Şunga qaramay, hatto Toşkentda ham uzluksiz bir neça sutkagaça (!) elektr va gaz uzilişlari kuzatildi. Ayniqsa Çilonzor, Uçtepa, Olmazor, Yunusobod va hatto Mirzo Uluğbek tumanlarida ta’minot yomonligi odamlarning jiddiy e’tirozlariga sabab böldi. Gaz tanqisligi sabab isitiş markazlari aholi uylariga yetarliça issiqlik uzata olmadi. Yuqori bosimli gaz quvuri yorilişi oqibatida Toşkent viloyatining Bekobod, Quyi Çirçiq va Oqqörğon tumanlaridagi naq 55 ta mahalla bir muddat gazdan uzilib qoldi.

Bu voqealar fonida 12 noyabrdan boşlab Turkmanistondan gaz importi töxtab qoldi. Avvaliga turkman tomoni Rossiyaning bosimi bilan Özbekistonga gaz eksportini töxtatgani haqida xabarlar tarqalgan bölsa, keyinroq bu noqulay ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga boğliqligi aytildi. Şu bilan birga, OAVda Rossiya Özbekistonga gaz uzatiş evaziga Özbekistonning gaz-transport tarmoği egaligini “Gazprom”ga ötkazişni söragani haqida ham ma’lumotlar paydo böldi.

Bir qator kasb vakillarining qahraton sovuq kunlari oçiq havoda olib borayotgan faoliyati e’tirofga loyiq. Hududlarda energetiklar, yölsozlar, aloqaçilar, suv ta’minoti, kommunal soha va obodonlaştiriş xodimlari, içki işlar va milliy gvardiya xodimlari imkon qadar izğirin oqibatlarini yumşatişga harakat qilişdi. Ana şu kasb egalari va ehtiyojmand aholi uçun Toşkentdagi 52ta töyxonada 12-16 yanvar kunlari bepul oş tarqatiş yölga qöyildi. Bu haqda topşiriq bergan Jahongir Ortiqxöjayev barça mutasaddilardan “ikki kun turib beriş”ni söradi.

“Butun fabrika va zavodlar, egasi kim bölişidan, qanday odam bölişidan qat’i nazar elektrdan ham, gazdan ham uzişga majburmiz. Şahardagi maxsus köçadan taşqari barça köçalarda yoritkiçlarni öçirişga majburmiz.

[…] Biz davlatga bugun kerakmiz. Agar biz buni qila olmasak, xalq [köz öngida] bir tiyinga yaramas hokimlar, bir tiyinga yaramas sektor rahbarlari, boşqarma boşliqlari bölamiz”, – dedi şahar hokimi.

Toşkent hokimi nazarda tutgan ikki kun haqiqatan ham sovuq harorat eng yuqori nuqtasiga çiqqan kunlar böldi. “Özgidromet”ga köra, 13 yanvarga ötar keçasi sovuq antitsiklon Özbekiston hududida eng yuqori nuqtasiga yetdi va şu kundan boşlab uning ta’siri susaya boşladi. Yakşanba kunidan boşlab harorat sekin-asta ilişni boşladi, lekin hali köplab hududlarda kunduzgi harorat plyusga çiqişi uçun taxminan bir hafta vaqt kerak. Qor köçişi xavfi sabab toğli hududlarga bormaslik tavsiya etilyapti.

Ta’til böyiça xaos

Haftaning birinçi raqamli sözi – “anomal”, lekin bu söz faqat ob-havoga nisbatan işlatilgani yöq. Qişki ta’tilni qaçon tugatiş böyiça bir qarorga kelolmagan özbek amaldorlari va ularning qarorlariga nisbatan ham “anomal” sifati işlatildi.

Avvalgi hafta dayjestimizda aytganimizdek, qattiq sovuq sabab hamma böğindagi ta’lim maskanlarida qişki ta’til 17 yanvargaça uzaytirilgan edi. Lekin 10 yanvar kuni tuşdan keyin kutilmaganda hammasi özgarib ketdi. Aksariyat hududlarning hokimlari 11 yanvarga sanoqli soatlar, hatto daqiqalar qolganida “ertaga darsga” deb e’lon qildi. Toşkent viloyati hokimligi maktablarda 3-çorak 11 yanvar kuni boşlanişi haqida 11 yanvar kuni soat 10:00da ma’lum qildi.

11 yanvarda ijtimoiy tarmoqlar böm-böş sinfxonalardan olingan istehzoli videolarga töldi. Ayrim sinflarga sanoqli bola yiğildi, ularga ham nomiga dars ötgandek bölib, tezda uyga javob berib yuborildi. Kuzatuvlarimizga köra, birinçi kuni farzandini maktabga yuborgan ota-onalarning köpi maktabning yaxşi isimasligi va bolaning bunaqa sovuqda köçada yurişi xavfli ekanidan kelib çiqib, ertasiga farzandini maktabga yubormagan, natijada 12 yanvar kuni davomat yana ham tuşib ketgan. Oxir-oqibat Toşkent şahri va bir neçta viloyatlar ta’tilni baribir keyingi haftaga, 18 yanvargaça uzaytirişga qaror qildi. Oliy ta’lim tizimiga esa har qanaqa tartibsizlikni qoğozda silliqlab yuboradigan “masofaviy ta’lim” degan çora qöl keldi.

Bunaqa şoşma-şoşarlik ota-onalar va faollarning jiddiy tanqidlariga olib keldi. Ta’limga mas’ul ikkala vazirlik ta’tilni uzaytiriş vakolati hokimlarga ötkazilganini e’lon qilib, undan boşqa heç qanaqa izoh bera olmadi. Undan yuqoridagi hukumat ham, prezident administratsiyasi ham bu xaosga jim qarab turgani bu ikki böğin örtasida yumşoq qilib aytganda “tuşunmovçilik” bölgani haqidagi miş-mişlarni yuzaga keltirdi.

E’tiborlisi, bunaqa darajadagi pala-partişlik “qöl boşqaruvi”dan voz keçilib, vazirlarning mustaqilligi oşadi deb e’lon qilingan ma’muriy islohotlar fonida röy berdi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Buxoro şahri markazi buzilib, turistik majmua quriladi. Hukumat bu safar ham mahalliy aholining fikri bilan qiziqib ötirmasdan, yopiq eşiklar ortida qaror qabul qilgan. Loyihani kim bajarişi ham aniq – “Enter Engineering”. Şahar markazidagi 33 gektar yer heç qanaqa tendersiz şu kompaniyaga berilyapti. Turistik majmua uçun yaqinda ta’mirdan çiqarilgan Buxoro markaziy stadioni buzilişi, jami 29 ta bino-inşoot köçirilişi kutilyapti. Bir guruh buxoroliklar tuppa-tuzuk stadionni buzmaslikni sörab, prezidentga murojaat bilan çiqdi.

Toşkent köçalarida parkomatlar taşkil etiş tendersiz bitta kompaniyaga berildi. Şahar markazidagi önta köça böyiça pulli töxtaş joyini taşkil etiş uçun “Kasy Park” MÇJ tanlab olindi. Loyiha qiymati – salkam 10 mlrd söm. Iqtisodçilar önta köçani bitta kompaniyaga berib yuborişni “tentaklik” deb atayapti. Bu degani köz öngimizda yangi monopoliya tuğilayotgan bölişi mumkin.

Aşaddiy monopolistlardan bölmiş UzAuto Motors esa avtomobillari narxini oşirmoqçi. Kompaniya bu safar ham narx oşirişidan oldin sotuvni töxtatib, internetda piar materiallar tarqatyapti. Miş-mişlarga qaraganda, maşinalar narxi biratöla 30 foizga oşişi mumkin. Buni oqlaş uçun kompaniya bojxona imtiyozlaridan voz keçişga tayyorligi aytilyapti. Eslatib ötamiz, UzAuto Motors hamma qatori boj tölaşni boşlasa ham, bu uning monopolist mavqesiga ta’sir qilmaydi.

Özbekistondagi birinçi elektromobil zavodi Jizzaxda böladi. Prezident selektorida şu yilning 1 sentabrigaça muhlat belgilandi. Topşiriqqa köra, şu sanagaça xususiy investorni jalb qilgan holda, Jizzaxda elektromobil işlab çiqariş boşlanişi kerak. Davlat rahbari bu selektorda jami 6 mlrd sömlik mahalliylaştiriş loyihalarini amalga oşiriş böyiça körsatma berdi.

Toşkent iqtisodiy sudi “Quramax” kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi. “Ambronol” va önlab bolalarning ölimiga aloqador “Dok-1 Maks” dorilarini Özbekistonga şu kompaniya olib kirgan. Hindistonda esa bu preparatlarni işlab çiqargan Marion Biotech'ning litsenziyasi töxtatildi. Şu hafta Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari böyiça xalqaro ogohlantiriş e’lon qildi.

Özbekistonning Islom Karimovdan avvalgi rahbari Rafiq Nişonov 97 yoşida vafot etdi. Nişonov 1988-1989 yillarda Özbekiston kommunistik partiyasining rahbari bölgan. U 1989 yildan beri Moskvada yaşab kelayotgandi. Ötgan yili tuğilgan kunida Putin tomonidan Nevskiy ordeni bilan taqdirlangan edi.