Avtomobillar uchun shartnoma berish yana bir necha kunga to‘xtatildi
UzAuto Motors kompaniyasi SAP hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirishi va mahsulotlarni inventarizatsiya qilishi munosabati bilan barcha avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilish yana bir necha kunga to‘xtatildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, dasturiy ta’minotni ishga tushirish tadbirlarining o‘tkazilishi sababli UzAvtoSavdo ilovasi faoliyati ham vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin.
Dasturiy ta’minotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan so‘ng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan to‘lovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish to‘liq hajmda qayta tiklanadi.
2022 yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan va vaqtinchalik cheklov uchun oldindan to‘lovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan so‘ng, avtomobil uchun oldindan to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Shu bilan birga, avtomobil yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘z kuchida qoladi, faqat oldindan to‘lov muddati uzaytiriladi.
UzAuto Motors 4 yanvardan shartnoma berish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatgandi. O‘shanda bu holat 4-5 kun davom etishi mumkinligi aytilgan edi.
Mavzuga oid
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
07:31 / 12.11.2024