11 yanvar kuni yana uç viloyat hokimliklari maktablarda qişki ta’til vaqti qaçon tugab, 3-çorak qaçon boşlanişi töğrisida ma’lumot berişdi.
Toşkent viloyatidagi maktablarda ham darslar bugundan bosqiçma-bosqiç boşlangan. Bu haqda hokimlik bugun soat 10:00 da e’lon qildi.
Ma’lum qilinişiça, 11 yanvardan viloyat böyiça 77 ta maktabda darslar bölişi belgilangan.
Boşqa umumta’lim maktablarida esa darslar, mavjud şaroitlarni inobatga olgan holda, 12 yanvardan bosqiçma-bosqiç boşlanadi (röyxati bugun soat 14:00 da e’lon qilinadi).
Navoiy viloyatidagi maktablarda darslar 12 yanvardan boşlanadi.
«Özbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining Navoiy viloyati böyiça bergan ob-havo ma’lumotlariga tayanilgan holda, joriy yilning 12 yanvar kunidan Navoiy şahridagi 21 ta, Karmana tumanidagi 32 ta, Navbahor tumanidagi 37 ta, Qiziltepa tumanidagi 43 ta, Nurota tumanidagi 11 ta, Konimex tumanidagi 14 ta, Xatirçi tumanidagi 72 ta maktablarda qişki ta’tildan keyingi darslar boşlanadi», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Olis çöl, toğ va toğoldi hududlarida joylaşgan 133 ta maktabda öqiş 16 yanvardan davom ettiriladi.
Sirdaryo viloyatidagi maktablarda darslar yuqori sinf öquvçilari uçun 13 yanvardan, boşlanğiç sinf va boğçalarda dars hamda maşğulotlar 16 yanvardan boşlanadi.
Oliy öquv yurtlari, kollej va litseylarda esa öqiş bosqiçma-bosqiç tarzda 11 yanvardan boşlandi. Bunda boşqa viloyatlar yoki çekka hududlardan kelib öqiydigan öquvçi va talabalarga şaroit yaratilişi, darslarni onlayn taşkil etiş masalasi ham körib çiqilgan.
Hozirça faqat Namangan va Jizzax viloyatlari hokimliklari öz hududida darslar qaçon boşlanişi haqida rasman ma’lumot bermadi — faqat Jizzax viloyati XTB hamda Namangan şahri hokimligi tomonidan berilgan xabarlarda uşbu viloyatlardagi aksar maktablarda darslar 11 yanvardan boşlanişi aytilgan. Toşkent şahri, Andijon, Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlarida ham darslar 11 yanvardan boşlanib ketgan. Qoraqalpoğistonda öqiş 12 yanvardan boşlanişi xabar qilingan. Faqatgina Farğona viloyatida öquvçilar qişki ta’tildan keyingi haftada qaytişiga ruxsat berilgan.

















