Hindistonda Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining litsenziyasi to‘xtatildi
Bu kompaniya ishlab chiqargan “Dok-1 MAKS” siropi O‘zbekistonda kamida 20 nafar bolaning o‘limiga aloqador ko‘rilmoqda.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati ma’muriyati O‘zbekistonda kamida 20 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan “Dok-1 MAKS” siropini ishlab chiqaruvchi Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasi litsenziyalarini to‘xtatdi. Bu haqda Business Standard xabar berdi.
«Kompaniyaga biologik va nobiologik dori vositalarini ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziyalar keyingi xabarnomagacha to‘xtatib qo‘yildi», dedi Oziq-ovqat va dori vositalari xavfsizligi departamenti vakili.
Lisenziyalarning to‘xtatilishiga Marion Biotech kompaniyasining Noida shahridagi zavodida ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq qonunbuzarliklar sababini ko‘rsatish bo‘yicha qo‘yilgan talabga javob bermagani sabab bo‘lgan. Rasmiy xabarnoma kompaniyaga 30 dekabrda yuborilgan, javob 5 yanvargacha bo‘lishi kerak edi.
«Biz qo‘shimcha vaqt berdik, lekin kompaniya javob bermadi va tekshirish vaqtida zavodda aniqlangan qonunbuzarliklarni baholab, kecha ishlab chiqarish litsenziyasini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi», dedi rasmiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Marion Biotech dori vositalarida zaharli etilenglikol moddasining me’yordan ortiq ekani sinov natijalarida aniqlansa, kompaniya jazoga tortiladi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Marion Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan “Dok-1 MAKS” va “Ambronol” dori vositalari tarkibida propilenglikol o‘rniga yoki u bilan birga zaharli etilenglikol va dietilenglikol moddalari aniqlangan.
Mavzuga oid
18:07
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
23:22 / 18.12.2024
Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari 2028 yilgacha uzaytiriladi
11:42 / 18.12.2024