9-12 yanvar kunlari Saudiya Arabistonining Jidda şahrida Haj va umra xizmatlariga bağişlangan konferensiya-körgazma bölib ötdi. Uşbu yirik tadbirda Saudiya qirolligi Haj-2023 mavsumiga doir köplab yangiliklarni e’lon qildi. Ularning eng muhimlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

2023 yilda haj mavsumi taxminan 26 iyundan boşlanişi kutilmoqda. Mazkur sana oy körinişiga qarab özgarişi ham mumkin.

Eng muhim yengillik – Saudiya Arabistoni Haj vazirligi 2023 yilgi mavsumdan koronavirus tufayli kiritilgan barça çeklovlarni bekor qildi: endi 65 yoşdan kattalar ham, 18 yoşdan kiçiklar ham ziyoratga borişi mumkin. Koronavirusga qarşi emlaganlik sertifikati ham talab qilinmaydi.

Son böyiça çeklovlar ham bekor qilindi. Pandemiya davrida 1 milliongaça hojilarni qabul qilgan qirollik, bu yil 2 milliondan ortiq hojilarni qabul qilişga tayyor.

Hajga doir yana bir yangilik: 2023 yildan Haj böyiça barça delegatsiyalar podşohlikda rasmiy işlayotgan har qanday şirkat bilan bitim tuzişi mumkin böladi. Avvallari har bir delegatsiya faqatgina muayyan şirkatlar bilangina işlay olardi. Bu – şirkatlar örtasidagi raqobatni kuçaytirib, narxlarga ijobiy ta’sir qilişi kutilmoqda.

Umra masalasida

Umra vizalarining muddati 30 kundan 90 kunga uzaytirildi. Endi umra vizalari bilan xorijliklar Saudiyaning Makka, Madina va Jiddadan taşqari - boşqa hududlariga ham borişi mumkin.

Ikkala turdagi vizaga qöşimça majburiy suğurta narxlari 23,5 dollargaça kamaytirildi. Tuşunib oliş kerak, bu yerda viza narxlari emas, aynan majburiy suğurta tölovlarining narxi tuşirildi.

Umuman olganda qirollik, ziyorat turizmi salohiyatida tölaroq foydalaniş uçun ziyoratçilar va sayyohlarga barça yengillik va qulayliklarni yaratişga harakat qilmoqda. Bu işlar mamlakatni raqamlaştirişni közda tutadigan Saudi Vision-2030 dasturi doirasida amalga oşirilmoqda.

Ziyoratçilar uçun maxsus raqamli platforma – Nusuk orqali vizani oliş muddati 24 soatdan kamroqni taşkil qiladi. Lekin özbekistonliklar hozirça bu platforma orqali faqat vizaning özini ololmaydi. Balki vizaga qöşib Saudiya mahalliy kompaniyalaridan tur paket sotib olişi kerak böladi.

Özbekistonliklar uçun Haj qanday böladi?

Hozirça bizga ma’lumi faqatgina kvotalar soni. 2022 yil sentabr oyida Toşkentga kelgan Saudiya Arabistoni Haj va umra işlari vaziri Tavfiq bin Favzon prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşgan edi. Uçraşuvda özbekistonliklar uçun 2023 yilda haj kvotalari soni 24 mingta ajratilişi haqida kelişuvga erişilgan.

 

Foto: Özbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati

Kuni keça Jiddada bölib ötgan yirik tadbirda prezident maslahatçisi Muzaffar Komilov, Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyevlardan iborat Özbekiston delegatsiyasi ham qatnaşdi.

Rasmiylar haj mavsumini yuqori darajada taşkil etiş masalalarini muhokama qilgan hamda Saudiya Arabistonidagi mehmonxonalar va ziyoratçilarga xizmat körsatiş nuqtalarini borib körgan.

Hali haj ziyorati narxlari, qaysi şirkat bilan bitim tuzilganiga doir ma’lumotlar oçiqlanmadi. Bizningça, hozirça takliflarni körib çiqiş davom etmoqda.

Turfirmalar borasida. Musulmonlar idorasi matbuot xizmatining Kun.uz söroviga köra ma’lum qilişiça, 2023 yildagi Haj safarlari ham Vazirlar Mahkamasining 364-sonli qarori asosida, Özbekiston musulmonlari idorasi va Din işlari böyiça qömita tomonidan taşkil qilinadi.

Bundan hozirça haj ziyoratini taşkil qilişni tur firmalarga berilişi borasida heç qanday gap-sözlar yöq ekanligini anglaş mumkin.

Haj ziyoratini amalga oşiriş huquqi xususiy turfirmalarga berilişi mumkinmi?

Bir oy içida 24 ming kişilik guruhni Hajga olib boriş va ziyorat davomida ular bilan birga böliş juda katta resurslarni talab qiladi. Şu sababli bu xizmatlarning töliq yoki bir qismini işonçli turfirmalarga tender asosida beriş kerak böladi. Masalan, qöşni Qozoğiston muftiyati haj uçun 4 ming kişilik kvotalarni olişi bilanoq, turfirmalar uçun tender e’lon qilgan. Boşqa rivojlangan davlatlarda allaqaçon uşbu xizmat nodavlat taşkilotlar tomonidan körsatiladi.

Özbekistonda ham haj ziyoratini amalga oşiriş huquqini turfirmalarga beriş orqali raqobat muhiti paydo böladi va bu narxlarga ijobiy ta’sir qiladi. Şuningdek, takliflarning köpayişi haj ziyorati uçun minglagan navbatlarning kamayişiga olib keladi.

Yuqorida qayd etganimizdek, haj mavsumi boşlanişiga yana 4 oydan köproq vaqt bor. Bu yönalişda yana yangiliklar bölişi ehtimoli ham yuqori.

Farrux Absattarov