Bugun, 20 mayga qadar Din işlari böyiça kamida 2 marotaba Haj safarini taşkil etiş tartibi haqida xabarnoma e’lon qildi. Rasmiy taşkilotning ikkala bayonoti ham Haj ibodatini taşkil etiş böyiça internetda tarqalayotgan reklama va e’lonlar asossiz ekani haqida.
Bayonotlarda, Özbekistonda Haj va Umra tadbirlarini taşkil etiş Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-sonli qarori asosida bevosita Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oşirilişi eslatilgan.
Şuningdek, rasmiylar Saudiya Arabistoni qonunçiligida ham Haj safari dunyo davlatlarining vakolatli taşkilotlari tuzilgan şartnoma asosida amalga oşirilişini bildirmoqda. Mazkur kelişuvlar asosida taşkil etilmagan ziyoratga boriş Hajning muhim ruknlari bölmiş – Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ibodat qiliş imkoniyatidan mahrum qiliş mumkin.
Bundan taşqari, idora ziyoratga noqonuniy yöllar bilan borişga intiliş qirollikdan deport qiliş va jarima jarima solişga sabab bölişini ta’kidlagan.
Xöş, aslida vaziyat qanday? Din işlari böyiça qömitaning bayonotlari nimadan darak?
Aslini olganda, qömita qayta-qayta eslatayotgan hukumat qarorida Umra ziyorati ham bu ikki taşkilot zimmasida. 2022 yil mart oyida Musulmonlar idorasi Umraga bölgan yuqori talabni inobatga olib, bu xizmat qisman sayyohlik firmalariga berilişini bildirgan edi. Natijasini özingiz körib turibsiz, xususiy sektorga ötgan xizmat körsatiş ança jonlandi va pulingizga qarab takliflar ham juda köpaydi. Asosiysi, raqobat faqat rivojlanişga sabab bölyapti.
Ötgan yili, şuningdek, Musulmonlar idorasi hukumatning mazkur qaroriga özgartiriş kiritiş böyiça takliflar işlanayotganini aytgan edi. Lekin, bu gap ham gapligiça qolib ketdi. Ya’ni qisqa qilib aytilsa, hukumat qarorida – Umraga ham, Hajga ham sayyohlik firmalari olib borişi mumkin emas. Lekin, mas’ullar bu qarorni xohlasa bir qismiga amal qilib, Hajni sayyohlik firmalariga bermayapti. Va yana bir qismiga amal qilmasdan, Umrani sayyohlik firmalariga berib yuborgan. Bu yerda qonun talabi emas, mas’ullarning xohişlari işlayapti deb, öylab qolasan.












