Jahon | 00:26 / 10.01.2023
18436
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni 2023 yilgi Haj mavsumida kovid cheklovlarini bekor qiladi

Pandemiya tufayli joriy qilingan cheklovlar olib tashlanadi. Jumladan, 65 yoshdan oshgan qariyalarga ham 2023 yilda haj qilishga ruxsat beriladi.

Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni Haj vazirligi 2023 yilgi Haj ziyoratini tashkil etishda COVID-19 tufayli kiritilgan cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda Al Arabia xabar berdi.

«Haj ziyoratchilari soni koronavirus pandemiyasidan oldingi darajaga qaytadi, yosh bo‘yicha cheklovlar bo‘lmaydi», dedi vazirlik rahbari Tavfiq ar-Robia.

Pandemiyadan oldingi 2019 yilda 2,6 millionga yaqin kishi Haj ziyoratini ado etgan. Biroq pandemiya davrida kiritilgan cheklovlar tufayli 2020 va 2021 yillarda ziyoratchilar soni kamaydi. 2022 yilda esa 1 million kishiga hajga borishiga ruxsat berildi.

Shu bilan birga, 2022 yilda faqat 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan, to‘liq emlangan yoki koronavirusga qarshi immunitetga ega, surunkali kasalliklari bo‘lmagan shaxslar Haj ziyoratini ado etishi mumkin edi. Endi bu cheklovlar olib tashlanmoqda.

2023 yilda Haj mavsumi 26 iyundan boshlanishi kerak.

Mavzuga oid