Kun.uz oldinroq taşqi migratsiya muammolariga doir suriştiruv e’lon qilgandi. Unda talabgorlarni Janubiy Koreyaga yuboriş sohasida joylarda yaşirin korrupsiya gullayotgani hamda korrupsion sxema Yaponiyaga işga boriş yönalişida ham tatbiq etilayotgani haqida söz yuritilgan edi.
Kun.uz suriştiruvidan söng öşa paytdagi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, hozirgi kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri örinbosari Nozim Husanov bilan suhbat uyuştirildi. Sobiq vazir suhbatda nega yapon taşkiloti (JIC) bilan örnatilgan kelişuvga muvofiq hamkorlik işlari yölga qöyilmayotgani haqidagi savolga “yapon taşkiloti barça özbekistonliklardan pul olmoqçi ekan, biz bunga rozi bölmadik” ma’nosida javob bergandi.
Tahririyat elektron manziliga JIC kompaniyasi rahbaridan maktub keldi. Maktubda sobiq vazirning iddaolariga raddiya berilgan.

Şundan söng JIC rahbari Atsuo Tedzuka bilan aloqaga çiqildi hamda holatni batafsilroq tuşuntirib beriş söraldi. U Kun.uz'ga quyidagilarni gapirib berdi:
“Sobiq vazir Husanov janoblari Yaponiyaga kelganda moliyaviy masalalar haqida umuman gap borgani yöq. Biz tomondan “faqat biz orqali işlaysizlar” degan gap ham bölgani yöq, zotan markaz iş beruvçilar tomonidan moliyalaştirilişi közda tutilgan. Biz özbeklardan pul oliş naryoqda tursin, aksinça, markazimizni yuritiş uçun belgilangan, iş beruvçi kompaniyalar tomonidan ajratiladigan mukofot mablağlarining bir qismini Agentlikka yönaltirişni taklif qildik. Sobiq vazirning sizga bergan javobi va bizga bergan tuşuntirişi tamomila farqli.

Bu ijtimoiy loyiha bölib, unda işçi fuqarolardan pul olinmasligi, aksinça faoliyatimiz Yaponiyadagi HR federatsiyasi va korporatsiyalari tomonidan moliyalaştirilişi közda tutilgan. Va bunda Yaponiya iş beruvçilari tomonidan, hali aytganimdek, Taşqi mehnat migratsiyasiga ham xizmat haqqi tölanişi közda tutilgan va bu şartnomada oçiq-oydin körsatilgan.







