Vazirlikning «Aydar-Arnasoy» köllar tizimi bölimi davlat inspektorlari hamda içki işlar xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirda holat Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joylaşgan kölda sodir bölgani va fuqaro E.D. bir boş saqoquş (pelikan)ni qarmoq yordamida uşlab, nobud qilgani aniqlandi.
Mazkur holatda “Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi hamda “Ov qiliş va ovçilik xöjaligi töğrisida”gi qonunlari buzilgan.
Saqoquş (pelikan) Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tur bölgani sababli huquqbuzarga nisbatan qonuniy çora köriş va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undiriş maqsadida töplangan hujjatlar tegişli prokuratura organlariga taqdim etildi.
Puşti saqoquş Özbekiston Qizil kitobiga zaif, qisqarib borayotgan uçib ötuvçi-uyalovçi tur maqomi bilan kiritilgan. U, şuningdek, TMXI (Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqi) Qizil röyxatiga ham kiritilgan.








