Rossiya qöşinlari Donetsk oblastida ikki yönalişda – oblast markazidan şimoldagi Baxmutga va janubi-ğarbdagi Vuhledarga hujumlarni kuçaytirgan. Baxmut atrofida ular Ukraina mudofaasining çap qanotini biroz ortga surişga muvaffaq bölgan. Vuhledar (Ugledar) atrofida esa ularning muvaffaqiyati ança kamtarroq körinadi, ammo frontning bu uçastkasida hujumlar tobora kuçayib bormoqda. BBC Ukrainadagi harbiy harakatlar hududidagi vaziyatni tahlil qildi.

Vuhledar hududidagi vaziyat

Britaniya harbiy razvedkasi yozişiça, Rossiya bölinmalari Vuhledar hududidagi razvedka hujumlarini muvofiqlaştirilgan yurişga aylantirdi. Tinç okeani flotining 155-dengiz piyodalari brigadasi bölinmalari front çiziğini Kaşlagaç daryosidan bir neça yuz metr içkari surişga muvaffaq bölişgan.

«DXR» hukumati vakillariga köra, Rossiya qöşini uşbu şaharga kira boşlagan va uning çekkalarida mustahkam örnaşgan.

Vuhledar uçun janglar 2022 yil noyabrida boşlangandi – öşanda Rossiya jangga boşqa bölinmalar bilan kuçaytirilgan 155- va 40-dengiz piyodalari brigadalarini jangga taşlagandi. Bir neça urinişlardan keyin bu brigadalar Vuhledardan janubroqda joylaşgan Pavlovka posyolkasini egallaşgandi, Rossiya mudofaa vazirligi uşbu aholi yaşaş manzili egallangani haqida ikki marta – 11 va 20 noyabr kunlarida hisobot bergan, 3 dekabr kuni esa - bu posyolka Rossiya artilleriyasi  tomonidan öqqa tutilgani xabar qilindi.

Şuningdek, Rossiya qismlari uşbu posyolkani şturm qiliş çoğida, keyin uni nazoratda saqlab turiş uçun janglarda ulkan yöqotişlarga uçragani haqida xabarlar tarqaldi. Öşanda Vuhledarni egallaşning imkoni bölmagan - ikki tomondagi harbiy muxbirlarning qayd etişiça, bu aholi yaşaş manzili tepalikda joylaşgan, şu tufayli unga yaqinlaşiş va kötariliş oson emasdi.

Qariyb ikki oy ötib rossiyaliklar Vuhledarni egallaş uçun harakatlarni tikladi, ammo hozirça barçasi Pavlovkada kuzatilgan ssenariy böyiça keçmoqda.

Tinç okeani flotining 155-brigadasida şartnoma asosida xizmat qiluvçi dengiz piyodasi «Mediazona» naşriga Vuhledar atrofidagi janglar töğrisida sözlab bergan – uning aytişiça, Rossiya qöşini şahar çekkasidagi turar joylarni şturm qilişga urinmoqda va oğir yöqotişlarga uçramoqda.

«Biz şunçaki u yerga kirişga urinamiz, zarba qabul qilamiz va ketamiz. Uç kundirki şunday bölmoqda. Köp texnika yöqotildi, ammo bizga yangisini berişmoqda va yana daçalarni egallaşga yuborişmoqda», degan u. Askarning taxmin qilişiça, bu vaqt içida kamida 200-230 kişi halok bölgan bölişi mumkin.

«Odamlar jang qilişni istamayapti, ammo hamma joyda Vuhledarda jang ketayotgani haqida jar solişgan, şuning uçun biz har qanday qurbonlik evaziga bölsa ham bu yerni olişimiz kerakligini aytişgan», deya qöşimça qiladi u. «Töğrisini aytsam, bizda safarbar qilinganlarni unçalik qadrlaşmaydi, çunki ularni yana yollaş mumkin, şartnoma asosida jang qiladiganlarni esa yöq. Eng ahmoqona hujumlarga asosan safarbar qilinganlar yuboriladi», degan naşr suhbatdoşi.

Britaniya razvedkasi taxmin qilişiça, Rossiya qömondonligi Donetsk oblastining Ukraina nazoratidagi qismida yuriş qiliş uçun yangi yönaliş oçiş ustida iş olib bormoqda – bundan maqsad Ukraina armiyasini ayni vaqtda şiddatli janglar keçayotgan Baxmutdan çalğitiş hisoblanadi.

Baxmut atrofidagi vaziyat

Seşanba kuni Rossiya mudofaa vazirligi Baxmutdan şimolroqdagi Blahodatnoye posyolkasi Rossiya qöşinlari nazoratiga ötgani haqida ma’lum qildi, bu aholi yaşaş manzili egallangani haqida «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin 28 yanvar kuniyoq e’lon qilgandi.

Ukraina armiyasi Baxmutni nazoratida saqlab qolmoqda. Foto: Reuters

RF mudofaa vazirligi svodkasida uşbu posyolkani armiya aviatsiyasi, raketa qöşinlari va qöşinlarning Janubiy guruhi artilleriyasining operativ-taktik kömagida köngillilarning şturmçi otryadlari» egallagani aytilgan.

Ukraina qömondonligi hozirça Rossiya mudofaa vazirligining Blahodatnoye egallangani töğrisidagi bayonotiga munosabat bildirmagan.

Çorşanba kuni Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti (ISW) Rossiya qömondonligi Baxmutni şturm qilayotgan «Vagner» otryadlariga madad beriş uçun bu yönalişga muntazam armiyaning yirik bölinmalarini taşlagani haqida xabar berdi. Xususan, desantçilar yuborilgan.

Rossiya qömondonligining rejasi tuşunarli - ular şimol va janubdan zarba berib, Baxmutni qurşov xavfi ostida qoldiriş va Ukraina qismlarini şahardan çekinişga majbur qilişni közlagan. Hozirça şahardagi Ukraina garnizoniga ğarbdan keladigan kamida ikkita trassa orqali (Krasnoye va Çasiv Yar) ta’minot yetkazib beriş imkoniyati mavjud - ukrainlar şu yöllar orqali çekinişi ham mumkin.

ISW hisobotida keltirilişiça, «Ukraina qömondonligi yöl qöyib bölmaydigan yöqotişlardan köra çekinişni afzal körişi mumkin», şuningdek şahar qurşab olinişi muqarrar bölib qolsa, qöşinlar olib çiqiladi.

Ammo şuni ham inobatga oliş kerakki, Baxmutni aylanib ötiş uçun ilgarilayotganida Rossiya armiyasining qanotlari tobora kengayib bormoqda. Hujumlar sustkaşlik bilan olib borilayotgan şaroitda qanotlar tobora zaiflaşadi va köproq resurslar talab qiladi, bu ehtiyoj esa boşqa yönalişlarni böşaştiriş hisobiga qoplanadi.

Britaniya razvedkasi hisoblaşiça, Rossiya Baxmut sektorida lokal muvaffaqiyatlarga erişişda davom etişi mumkin, ammo Rossiyada front çiziğini yorib ötiş uçun kuçlar yetarli emas.

Rossiyalik harbiylar öz xatolaridan saboq çiqarmoqda

«Biz hozir juda qiyin holatdamiz. Tuşunib turibmizki, Rossiya har kuni saboq olmoqda va öz strategiyasini özgartirmoqda. Va men öylaymanki, biz ulardan tezroq örganişimiz kerak», degan BBC muxbiri Endryu Harding bilan suhbatda IIV tarkibidagi «Dnipro-1» polkining razvedkaçi bölinmasi komandiri Dmitro Podvorçanskiy.

U va boşqa ukrain harbiylari aytişiça, endilikda duşman özining öq-dori omborlarini avvalgiga qaraganda yaxşiroq niqoblamoqda va xavfsiz joylaştirmoqda, şuningdek ukrainlarning ta’minot yöllariga samaraliroq hujum qilmoqda.

Dmitro Podvorçanskiy: «Biz [Rossiya armiyasidan köra] tezroq örganişimiz kerak»

2022 yil yozida, Ukraina qurolli kuçlarida Amerikaning yuqori aniqlikda raketa zarbalari yöllovçi HIMARS tizimi paydo bölganida, Rossiyaning front çiziği yaqinidagi arsenallari birin-ketin portlab keta boşlagandi. Natijada oldingi çiziqdagi rossiyalik artilleriyaçilar snaryad taqçilligiga uçragan, bu öz navbatida Rossiya armiyasining Donbassdagi yurişlari töxtab qolişi sabablaridan biri bölgandi.

Rossiya qömondonligi xulosalar çiqardi: yirik omborlar front içkarisiga köçirildi (şu bilan birga, bu çora öq-dorilarning oldingi çiziqqa yetkazilişini qiyinlaştirdi), şuningdek, «barça tuxumlar bir savatçaga joylanişi»ga barham berildi. Qimmatbaho HIMARS bilan kiçik omborlarga zarba beriş esa foydali emas.

Hozirda Ukrainada Rossiya artilleriyasi yana faollaşdi, kunlik artilleriya zarbalari soni ösib bormoqda, ukrain harbiylarining sözlarini Polşadagi Rochan Consulting tahliliy markazi rahbari Konrad Muzika ham tasdiqlaydi. Uning ma’lumotiga köra, 24 yanvar kuni Ukrainaning 111 ta aholi yaşaş manzillariga zarba yöllangan, bu esa 7 sentabrdan buyon eng yuqori körsatkiçdir.

Axborot maydonidagi kartina

Rossiya tomonidagilar ham, Ukraina tomonidagilar ham Baxmut va Vuhledar atrofidagi janglar ikkinçi darajali ahamiyatga ega bölişi mumkinligi, haqiqiy yuriş esa boşqa joyda boşlanişi kutilayotganini taxmin qilişmoqda.

Kuçlar nisbati taxminan ma’lum ekaniga qaramay, Rossiya va Ukraina boş ştablarining yaqin vaqtlar uçun rejalari böyiça obektiv prognoz qiliş qiyin.

Hozirça ikki tomonda ham rasmiylar tarğibotçilar ruhiyatni kötariş va jamiyatni uruşni davom ettirişga safarbar qilişga qaratilgan informatsion kartinani çiziş bilan band.

Ukraina naşrlari navbatdagi aholi yaşaş manzili boy berilişiga e’tibor qaratmasdan, rossiyalik askarlarning jasadlari bilan tölgan dalalar hamda Ukraina qurolli kuçlariga yordam uçun harakatlanayotgan Ğarbning zirhli texnikalari kolonnalari aks etgan videoyozuvlarni tarqatişmoqda.

Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov Washington Post naşriga bergan intervyusida Rossiyada «Kalibr» rusumli uzoq masofaga harakatlanuvçi raketalar zaxiralarining faqat 9 foizi qolgani, Ukraina yozga borib Qrimni ham ozod etişi mumkinligi haqida gapirgan.

Rossiya davlat naşrlari Ukrainadagi navbatdagi aholi yaşaş manzilini egallaş çoğida Rossiya harbiylari ulkan yöqotişlarga uçrayotgani haqidagi ma’lumotlarni ignor qiladi, ammo Rossiya qurollari kuçi haqida juda köp gapirib, «biz buni yana qila olamiz» yösinida harakatlanadi.

RT boş muharriri Margarita Simonyan şu kunlarda Vladimir Solovevning teleşousi efirida, göyoki Germaniya aholisi Ukrainaga tanklar yetkazib berilişiga qarşi çiqişgani haqida aytib, şunday jumlani örtaga taşladi: «Bu şuni anglatadiki, nemis xalqi yana faşistlar qöliga tuşdi! Biz nemis xalqini yana bu faşistlardan ozod etişimiz kerak emasmi?»