Sadda tagi mahallasida 3 615 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu yerdagi aholining asosiy daromadi issiqxonadan. Şuningdek, yangi işga tuşirilgan baliqçilik klasteri orqali intensiv baliq yetiştiriş yölga qöyilgan.

“Prezident oldida juda kuçli hayajon bosdi. Otam bizni öqitaman deb özi yangi kostyum kiymasdan ötib ketgan. Davlat rahbari bilan körişganda özimni zörğa bosdim: böğzimga nimadir tiqildi. Şungami, raqamlarni aytişda xatoga yöl qöydim. Haqiqatda bugungi kun holatiga mahallada 25 nafar işsiz bor xolos. Videoda ham şunday deganman. Faqat raqamlarni aytayotganda 106 nafar fuqaroga imtiyozli kredit berilganini aytiş yodimdan çiqib qolgan. Şunda hammasi töğri bölardi”, – deydi hokim yordamçisi.

Mahallada yangi tikuv sexi ham iş boşlagan. Bu yerda 2 000 nafar xotin-qizni iş bilan ta’minlaş rejalaştirilyapti. Bundan taşqari, asalariçilik, gulçilik bilan şuğullanayotgan, issiqxonaning ortidan yaxşigina daromad topayotgan xonadonlar ham bor.   

“Issiqxonada gul köçati yetiştirişni yölga qöydik. Quva tumanidan 45 ming tup gul qalamçasini olib kelib ötqazdim. Fevralda ularni sotişni boşlayman. 150 million söm atrofida daromad olişni reja qilib turibmiz. Uşbu mablağga turmuş örtoğim bilan Umra safariga bormoqçimiz”, – deydi Arofatxon Qurbonova.

Abdulhafiz Abdumannopov hokim yordamçisi sifatida Sadda tagi mahallasida iş boşlaganiga 1 yil böldi. U tez orada qolgan 25 nafar işsizning ham bandligini ta’minlaş haqida prezidentga hisobot bergan.

Abduvali Qurbonov,