Turkiyada röy bergan zilzila oqibatida Malatya viloyatida Özbekiston fuqarosi bölgan ayol halok böldi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida safarbar etilgan Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qişloğida qidiruv-qutqaruv işlarini boşladi. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik özbeklar istiqomat qiladi.
2023 yil 7 fevral (Toşkent vaqti bilan) soat 10.00 holatiga köra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar Özbekiston fuqarosi halok bölgan.
Bundan taşqari, tört nafar özbekistonlik bedarak yöqolgan. Ularni topiş böyiça tezkor qidiruv-qutqaruv işlari amalga oşirilmoqda.
«Hozirda zilzila oqibatida zarar körgan fuqarolarimizga tegişli yordam körsatiş va ularning murojaatlarini körib çiqiş maqsadida Özbekistonning Anqara şahridagi elçixonasi qoşida 24 soat faoliyat yuritadigan ştab taşkil etilgan bölib, unga quyidagi raqam orqali murojaat qiliş mumkin +90-538-035-85-34», deyiladi ma’lumotda.
- 6 fevral kuni Turkiya janubi-şarqida röy bergan 7,8 balli zilzila qurbonlari soni 5 mingga yaqinlaşdi. Qutqaruvçilarning sönggi hisoblariga köra, Turkiya va Suriyada zilzila oqibatida jami 4890 kişining ölimi röyxatga olingan. Turkiyada seşanba tongiga kelib qurbonlar soni 3381 nafarga yetgan, yana 20 426 kişi jarohatlangan. Zilzila oqibatida 5 775 bino vayron bölgan. Suriyada esa 1509 kişining ölimi tasdiqlangan.













