Sönggi ma’lumotlarga köra, Turkiya va Suriyada zilzila oqibatida halok bölganlar soni 19 700 dan oşdi. Turkiya hukumatining 9 fevral kuni bergan sönggi ma’lumotlariga köra, 16 546 kişi halok bölgan (yana 66 mingdan oşiq kişi jarohat olgan). Suriyada esa mahalliy rasmiylar va huquq faollari ma’lumotlariga köra, 3 247 kişi halok bölgan (yana kamida beş ming kişi yaralangan). Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti zilzila oqibatlari çetlab ötmagan insonlar sonini 23 million kişiga baholagan; şundan 1,4 million nafari bolalar.
Qurbonlar orasida kamida bir nafari özbekistonlik. Turkiyada iş olib borayotgan Özbekiston FVV bölinmalari Hatay viloyatida bir özbekistonlikning jasadi topilgani haqida xabar bergan, 13 nafar bedarak ketgan özbekistonlik qidirilmoqda. Özbekistonlik qutqaruvçilar şu vaqtgaça xarobalar ostidan 13 kişini tirik holda qutqarişgan, 50 kişining jasadini topişgan. Özbekistonga qaytgan bortda 11 özbekistonlik olib kelingan.
6 fevral tongida röy bergan 7,8 magnitudali yer silkinişi sönggi 10 yillikda dunyoda röy bergan eng yirik zilzila böldi. Turkiya rasmiylariga köra, birinçi zilzila epimarkazi Suriya bilan çegara yaqinidagi Ğoziantep şahridan şimoli-ğarbda joylaşgan. Şu kuni kun davomida yana önlab afterşoklar kuzatildi, kunning ikkinçi yarmida esa Ğoziantepdan şimolroqda, Qahramonmaraş şahri yaqinida 7,5 balli ikkinçi zilzila röy berdi. Zilzilalardan keyin 1200 dan ortiq afterşoklar kuzatildi.
Suriya va Turkiyaga dunyoning 19 mamlakatidan 80 mingdan oşiq qutqaruvçilar yordam uçun yöl oldi (jumladan Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlaridan ham). Ammo şunga qaramay, qutqaruvçilar yetişmayapti, ularning işini esa sovuq va qorlar qiyinlaştirmoqda. Zilziladan keyin 72 soatdan ortiq vaqt ötdi, bu omon qolganlarni qidirib topiş uçun muhim bölgan «oltin davr» hisoblanadi, ammo hamon xarobalar ostidan omon qolganlar olib çiqilmoqda. Xususan, Qahramonmaraş şahrida 80 soat davomida vayronalar ostida qolib ketgan töqqiz yoşli qiz va uning otasi qutqarildi. Jahon naşrlarida keng tarqalgan yana bir qutqariş holati — Suriyada xarobalar ostidan kindigi uzilmagan çaqaloqning olib çiqilişi böldi, uning onasi zilzila oqibatida halok bölgan.
Video shows a child born under ruins in Kurdish city of #Jindiris in #Efrin. #syria pic.twitter.com/ajXZGx7MOB
— Afshin Ismaeli (@Afshin_Ismaeli) February 6, 2023














