Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yil boshidan buyon is gazidan qancha odam vafot etgani ma’lum qilindi
2022 yilda is gazi tufayli jabrlangan va vafot etganlar soni qariyb 200 nafar bo‘lgan.
2022 yilda 90 dan ortiq is gazi bilan zaharlanish holati qayd etilgan. Bu haqda FVV ma’lumotlari asosida IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil boshidan buyon O‘zbekistonda 90 dan ortiq is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Oqibatida 50 nafar fuqaro jabrlangan. 146 nafar odam vafot etgan.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 24 may kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining yig‘ilishida 2020 yildan boshlab 2022 yilning may oyigacha O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 428 ta holat sodir bo‘lgani, oqibatda 366 nafar fuqaro vafot etgani va 307 kishi turli darajada jarohat olgani aytilgandi.
Mavzuga oid
20:38 / 11.12.2025
Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi
17:07 / 09.12.2025
Yuqori Chirchiqda buvi va nevara is gazidan vafot etdi
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
16:16 / 21.11.2025