Turkiyaning Malatya viloyatidagi Yaşilyurt şahrida 27 fevral kuni 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinişi oqibatida qurbonlar, jarohatlanganlar va vayrongarçiliklar bor.
Turkiya Favqulodda vaziyatlar departamenti rahbari Yunus Sezer sözlariga köra, 1 kişi halok böldi, 110 kişi jarohatlandi. Şuningdek, vayronalar ostidan 32 odam qutqarildi.
«32 kişi vayronalar ostidan qutqarib olindi. Ikki bino vayronalari ustida qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda», dedi u.
2023 yil 6 fevralida Turkiyada 7,7 va 7,6 magnitudali kuçli zilzilalar qayd etilgan edi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, bu zilzila Yevropa mintaqasida sönggi asrdagi eng dahşatli tabiiy ofat böldi. Zilzila 44 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin böldi, 160 mingdan ortiq bino vayron böldi.













