Moldova huquq-tartibot idoralari mamlakatdagi vaziyatni izdan çiqariş xavfi borligi sababli xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga qaror qildi. Bu haqda respublika Içki işlar vazirligi rahbari Anna Revenko TVR Moldova telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Mamlakat va mintaqadagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat ança beqarorligiça qolmoqda. <…> Huquq-tartibot idoralari tomonidan xavfsizlik çoralari kuçaytirildi», dedi Revenko.
Uning sözlariga köra, Kişinyovdagi xalqaro aeroportda nazorat kuçaytirilgan, jamoat joylarida politsiyaçilar soni oşirilgan, moliyaviy oqimlar nazorat qilinmoqda.
Vazir Moldova huquq-tartibot idoralari xavfsizlik masalalari böyiça xorijiy hamkorlari bilan muntazam maslahatlaşib turişini ta’kidladi.
Avvalroq, prezident Mayya Sandu mamlakatda vaziyatni izdan çiqariş, davlat binolarini egallaş va odamlarni garovga oliş xavfi borligini tan olgan edi.
Uning sözlariga köra, respublika Axborot va xavfsizlik xizmati Rossiya, Belarus, Serbiya va Çernogoriya fuqarolarini konstitutsiyaga zid harakatlarni amalga oşiriş rejalari haqida ma’lumotlarga ega.












