“Kelajakni xotirlab” dasturining ötgan sonida “Özbekistonda töliq senzura örnatilsa, buning davlatga qanday oqibatlari böladi?” savoli atrofida fikrlaşdik.

Lekin uşbu masala bilan boğliq bölgan boşqa muhim savollar ham bor. Ya’ni “nima uçun islohotlarga intilayotgan davlatlarda ham, hukumatlar erkin va jöşqin axborot oqimlaridan çöçişadi?” “Nima uçun qattiq avtoritarizmdan voz keçgan davlatlar ham erkin axborot oqimlarini sekinlatişga intilişadi?”

Özbekistonda axborot oqimlari, axborot siyosatini tahlil qilişda uçta muhim komponent, unsurning hozirgi holati haqida gapiriş mumkin.

Birinçisi,ijtimoiy kayfiyat. Özbekiston 2016 yilga qadar juda yopiq davlat edi. Jamiyatning qaraşlari, kayfiyatlari kanallaştirilmadi, odamlarning maişiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boşqa muammolari eşitilmadi.

Aksinça, ijtimoiy muammolar qattiq va tizimli bir şaklda bostirildi. Natijada, jamiyatda, tabiiy ravişda davlatga işonçsizlik kristallaşdi, jizzakilik, ya’ni frustratsiya çuqurlaşdi.

Ijtimoiy ong bu – jonli jarayon. Jamiyatning ijtimoiy kayfiyati muttasil bostirilgaç, davlatga işonmaslik va u bilan kuraşişga moyillik – ijtimoiy ongdagi eng markaziy qaraşlardan biriga aylandi. Haliga qadar mana şu qaraş yöqolgani yöq, davlat bilan hamkorlik siyosiy madaniyati mustahkam şakllangani yöq.

Ikkinçi unsur bu – OAVning bugungi holati. Keyingi yillarda Özbekistonda söz erkinligi – davlatni normallaştiriş, ijtimoiy muammolarni samarali kanallaştiriş vositasi sifatida körildi. Haqiqatda ham erkin matbuot, şijoatli OAV – butun dunyoda jamiyatning muammolarini biliş va ularga munosabat bildirişning eng kuçli vositasi hisoblanadi.

Uçinçi unsur bu – davlat va hukumatning malakasi. Hozirgi davr taqozo qiladiki, oçiqlik şaroitida, globallaşayotgan davrda işlay oladigan davlat institutlari va mulozimlariga ehtiyoj oşib bormoqda.

Matbuoti töliq erkin, OAV erkin işlaydigan davlatda, hokimiyatga juda katta vazifalar, bosimlar paydo böladi. Globallaşgan zamonda, ijtimoiy tarmoqlar soat sayin rivojlanib borayotgan davrda, axborot oqimlari bilan samarali kuraşib bölmaydi. Agar OAVga bosim qilib, ular nazoratga olinsa, axborot oqimlari şu zahoti mustaqil va global bölgan ijtimoiy tarmoqlarga va xorijiy axborot kanallariga ötib ketadi.

Agar erkin matbuot, OAV jamiyatdagi kompleks muammolarni tezkor va erkin kanallaştirişda davom etsa va bu muammolar bilan işlaş borasida davlatda yetarliça malaka bölmasa, bu jamiyatda ijtimoiy zöriqişlar, portlaşlar kutiladi. Ya’ni jamiyatda çorak asr davomida töplanib qolgan muammolar, noroziliklar bor.

Nima uçun Özbekiston şaroitida davlat axborot oqimlarini sekinlatişdan manfaatdor? Çunki hali köplab davlat institutlari va mulozimlarining jamiyat bilan sifatli muloqot qiliş malakasi şakllanmadi, rivojlanmadi.

Lekin hozirgi davrda davlatning aynan mana şu malakasi söz va fikr erkinligini ta’minlaşda, ijtimoiy barqarorlikni kuç işlatmasdan ta’minlaşda, davlatning global reputatsiyasini ijobiylaştirişda hal qiluvçi rol öynaydi. Davlat özining aynan şu malakasini östirişda, tezlaşişi katta zarurat bölib qolaveradi.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosiy tahlilçi