Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov prezident mustaqil OAVni qöllab-quvvatlayotgani, lekin undan erkin matbuotni yopişni sörovçilar borligi haqida söz yuritdi.

Prezident Mirziyoyev yaqinda Qaşqadaryoga qilgan safarida, ba’zi davlat mulozimlari “mustaqil OAV yopişni” söraganini bildirdi.

“Yopiq davlat bölib, OAVni qöllab-quvvatlamaganimiz uçun xalqning ovozini eşitmadik. Erkinlik nafasi yoqadimi? Menga yoqadi. Töğri, menga bunday işlaş qiyinroq. Hamma aytadi, e, yopib qöy, deydi. Yöq, yopmayman. Yana oldingidek, prokuror, SNB, tekşiruvçi bölaversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi? Birimiz ikki böldimi?” – dedi davlat rahbari.

Özbekistonda söz va fikr erkinligi Konstitutsiyaviy qadriyat va talab ekanini qöya turaylik. Ya’ni kimki söz va fikr erkinligiga qarşi çiqsa, aslida Konstitutsiyaviy tizimga qarşi çiqqan böladi. Çunki Özbekiston Konstitutsiyasiga köra, söz va fikr erkinligi – oliy qadriyatlardan, bu har bir şaxsning huquqi, uni poymol etiş esa – noqonuniy iş.

Hozir masalaning boşqa tomonini tahlil qilmoqçiman. Ya’ni, “Özbekistonda söz erkinligi töliq yöq qilinsa, mustaqil işlab turgan OAVga bosim bölib, ular mustaqil va erkin işlaş imkoniyatidan mahrum bölsa, buning oqibati davlat uçun, hokimiyat uçun, hukumat uçun, prezident uçun qanday böladi?” degan savolga javob izlamoqçiman. Bu savolga javob topiş qiyin emas. Bu savolning javobi yaqin tariximizdan, heç kim inkor qilib bölmas darajada, oçiq-oydin körinib turibdi.

Birinçidan, Özbekistonga daxldor axborot va fikrlar taşabbusi, yana Özbekistondan taşqariga çiqib ketadi. Insoniyat globallaşuvda yaşamoqda. Bundan keyin, axborot bilan inson örtasida faqatgina uning irodasi tösiq bölişi mumkin. Axborot insonning barmoği uçida turadi. Bundan keyin axborot defitsit bölmaydi, tanqis bölmaydi.

Aksinça, insonlarning, jamiyatning diqqat-eʼtibori tanqis böladi. Axborot köp böladi. Axborotlar örtasida mislsiz raqobat böladi. Bu axborotlar, odamlarning, jamiyatlarning e’tibori, ongi, şuuri uçun kuraşadi.

Lekin, agar Özbekistonda töliq senzura örnatilsa, Özbekiston mana şu raqobatli maydondan, öz xohişiga köra, çiqib ketgan böladi. Taşabbusni tölaligiça xorijiy OAV qölga oladi.

Ma’lumki, taşqi dunyoda işlab çiqilayotgan axborotlar oqimiga Özbekiston davlatçiligi ta’sir qila olmaydi.