15:50 / 06.03.2023
15712

Baxmut mudofaasi davom etmoqda, Chasiv Yar o‘qqa tutilmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 375-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Zaporijjyada 2 mart kuni rossiyaliklar raketasidan vayron bo‘lgan besh qavatli uy xarobalari ostidan sakkiz oylik qiz jasadi olib chiqildi. Ushbu zarba oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi.
  • Rossiya IIV «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» (bu tuzilma Bryansk oblastidagi «diversiya» uchun javobgarlikni zimmasiga olgan) a’zosi Ilya Bogdanovga qidiruv e’lon qildi. U — FXX chegara qo‘shinlari sobiq zobiti hisoblanadi.
  • «Sirena» telegram-kanaliga ko‘ra, hozirda Xerson oblastidagi tayanch punktida turgan 20 nafar rossiyalik harbiy vijdon amri bilan ishdan bo‘shash to‘g‘risida raport yozishgan. Bunga javoban qo‘mondonlik ular «tashqariga chiqmasdan o‘sha yerda qolishi»ni ma’lum qilgan.
  • Orenburg oblastidan safarbar qilinganlar Vladimir Putinga murojaat yo‘llashdi. Ular «LXR» bo‘linmalari komandirlari ularni «sarflanuvchi material» deb hisoblashini aytishgan. Bu harbiylarning qarindoshlari ham Putinga murojaat qilishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, safarbar qilinganlar hech qanday tayyorgarliksiz raqib pozitsiyalarini shturm qilishga jo‘natilmoqda. Bu shikoyatlardan keyin Orenburg oblasti gubernatori Denis Pasler harbiy prokuraturaga murojaat qilgan.
  • NATOning Yevropadagi birlashgan kuchlari qo‘mondoni general Kristofer Kavoli urush davomida RF armiyasining 200 mingdan ortiq askari va 1800 dan ortiq zobiti halok bo‘lgani yoki yaralangani haqida aytdi. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi, Amerikadagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi hamda The New York Times nashri ham shu kabi ma’lumotlarni keltirgan.

Chasiv Yarda yerto‘ladagi odamlar

Chasiv Yar — Donetsk oblastidagi shahar bo‘lib, Ukraina qurolli kuchlari ushbu hudud orqali Baxmutdagi kuchlariga ta’minot yetkazib beradi.

Rossiyalik harbiy ekspertlar ukrain harbiylari Baxmutdan Chasiv Yarga chekinishni boshlaganini xabar qilgan, ammo Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi buni tasdiqlamagan — 5 mart kuni kechqurun berilgan svodkada faqat RF armiyasi yurish qilishdan va Baxmut shahri va uning atrofidagi aholi yashash manzillari, shu jumladan Chasiv Yarni o‘qqa tutishdan to‘xtamayotgani aytilgan. Bu shaharda ham tinch aholi vakillari qolishda davom etmoqda — ular rossiyaliklarning aviazarbalaridan yerto‘lalarda jon saqlamoqda.

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Baxmutda oldingi chiziqdagi ukrainalik jangchilar

Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlariga ko‘ra, ukrain qo‘shini Baxmutdan chekinishni boshlagan, «Vagner» XHK kuchlari esa shaharning shimoliy-sharqiy chekkasi tomon ilgarilashda davom etmoqda. Tahlilchilar fikricha, Baxmut mudofaasi hamon strategik asosga ega, chunki Ukraina qurolli kuchlari o‘zi katta yo‘qotishlarga uchramagan holda «Rossiya jonli kuch va texnikalarini qirish»da davom etmoqda. Ukraina tomoni ham, Rossiya tomoni ham bu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari bo‘yicha ma’lumot bermaydi.

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA

Toretsk yaqinidagi ukrain jangchilari 

Toretsk yaqinidagi aholi yashash manzillaridan biridagi kvartira (aniq joylashuv ochiqlanmaydi), bu yerda ukrain harbiylari yashamoqda. Toretsk Donetskdan taxminan 40 kilometr masofada joylashgan — 2014 yildan buyon bu yerdan front liniyasi o‘tadi. Ukraina tomoni muntazam ravishda shahar rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishi to‘g‘risida xabar beradi.
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlari 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchisi minomyot uchun o‘q-dorilar qutisini ochmoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Toretsk atrofidagi pozitsiyalarda turgan ukrain jangchilari
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Toretsk yaqinidagi kvartiradagi ukrain jangchilari, harbiy harakatlar davom etar ekan, ular shu yerda yashab turishadi.
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
24-alohida mexanizatsiyalashgan brigada jangchisi minomyotni o‘qlamoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kiyev atrofida halok bo‘lganlar xotirasiga qo‘yilgan gullar 

Kiyev oblastining Bucha shahridan taxminan 10 kilometr masofada joylashgan Moshchun qishlog‘ida halok bo‘lganlardan birining xotirasiga o‘rmonda qoldirilgan guldasta. 2022 yil mart oyi boshida Kiyevga hujum qilgan Rossiya armiyasi Moshchun uchun jangda kamida 21 nafar harbiy dengizchisidan ayrilgandi, bular 155-dengiz piyodalari brigadasi jangchilari edi — bu RF Tinch okeani flotining elita tuzilmasi sanalgan.
Thibault Camus / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top