Ukrainaga keng kölamli bosqin boşlanganidan beri Rossiya 2000 dan ortiq yirik jangovar tanklarini yöqotdi, uruş davomida 200 mingdan ortiq rus askari va 1800 dan ortiq zobiti halok böldi yoki yaralandi, deb ma’lum qildi NATOning Yevropadagi birlaşgan kuçlari qömondoni general Kristofer Kavoli.

Rossiya armiyasi kuniga örtaça 23 mingdan ortiq artilleriya snaryadlarini otyapti, deya Kavolining Hamburg şahar hokimiyatidagi an’anaviy tantanali keçada (Matthiae-Mahl) aytgan sözlaridan iqtibos keltirmoqda dpa agentligi.

Bundan oldin NATO Boş kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaga ruxsat etilgan çegaralarni bir marta va oxirigaça körsatib qöyişga çaqirgandi. 

«Biz Rossiyaga Yevropa xavfsizligiga putur yetkazişda davom etişiga yöl qöya olmaymiz. NATO Rossiyaning agressiyasini buzişi va tarix takrorlanmasligini ta’minlaşi kerak», dedi u 22 fevral kuni Varşavada NATOning Şarqiy Yevropa sammitida.

Stoltenberg Ukrainaga qarşi uruş boşlanişidan oldin ham Rossiya 2008 yilda Gruziyaga hujum qilgani, 2014 yilda esa Ukrainaning Qrim yarimorolini annexia qilib, Donbass separatistlarini qöllab-quvvatlay boşlaganini eslatdi.

«Biz Rossiyaning köp yillardagi eng tajovuzkor xatti-harakatlariga guvoh bölmoqdamiz. Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkorligi boşlanganidan bir yil ötib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinçlikka tayyorgarlik körayotganidan darak yöq», - dedi Stoltenberg.