Belarus Xavfsizlik kengaşi Mudofaa vazirligiga «harbiy-strategik vaziyatning özgarişi munosabati bilan» yangi harbiy doktrinani işlab çiqişni topşirdi. Uşbu qaror «global geosiyosiy keskinlikning kuçayişi» munosabati bilan qabul qilindi, şu munosabat bilan «mustaqillik, hududiy yaxlitlik, suverenitet va konstitutsiyaviy tuzumni taşqi va içki tahdidlardan himoya qilişga qaratilgan strategik tiyib turiş doirasidagi çora-tadbirlar» zarur, deyiladi 8 mart, çorşanba kuni rasmiy huquqiy ma’lumot internet portalida.
Qarorda konsepsiyani işlab çiqişda ilmiy va ekspert hamjamiyati vakillarini jalb etiş, uning muhokama maydonçalarida jamoatçilik muhokamasini ötkaziş, asosiy qoidalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilişini ta’minlaş belgilangan. Şundan söng u Umumbelarus xalq assambleyasi tasdiğiga yangi harbiy konsepsiya taqdim etilişi kerak.
Belarusning amaldagi harbiy doktrinasi 2016 yil iyul oyida tasdiqlangan.








